Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Bir murojaat izidan.


Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro O.B ning mehnat stajini qayta hisob-kitob qilishda amaliy yordam so`rab qilgan murojaati o`rganib chiqildi. O`rganish jarayonida fuqaroning umumiy ish staji 11 yil 4 oy 16 kun qilib hisoblanganligi, pensiya miqdori 2022 yil 1 maydan 543 300 so`m miqdorida to`lab kelinayotganligi aniqlandi.

Fuqaro murojaatini o`rganish jarayonida Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Buxoro shahar bo‘limiga so`rov xatlari kiritildi. Natijada Buxoro viloyat adliya boshqarmasining qonuniy aralashuvi bilan fuqaroning mehnat stajlari qayta hisoblanib, umumiy ish staji 15 yil 3 oy 28 kun etib belgilanib, pensiya miqdori 2022-yil 1 avgustdan 612 930 so‘mga oshirilishi ta’minlandi.

Inson huquqlarini himoya qilish
bo’limi boshlig’i T.Azimov