Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Kogon shahrida sayor qabul o'tkazildi


 Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining tashabbusi bilan Kogon shahar tashkilotlari rahbarlari, ijtimoiy-iqtisodiy va kommunal-qurilish sohasida mas’ul bo‘lgan muassasalar hamkorligida Kogon shahar aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi. Qabul shaharning Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘ini binosi (1-sektor)da Kogon shaharning 70 nafardan ortiq fuqarolarning ishtirokida o‘tkazildi.


Sayyor qabul davomida targ‘ibot tadbirlari tashkillashtirilib, tadbirda Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 15-avgustidan–15-sentyabrgacha “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi o‘tkazilayotganligi, ushbu aksiyani o‘tkazishdan maqsad va unda belgilangan vazifalar to‘g‘risida ma'lumotlar berib o‘tildi. Xususan aholi va tadbirkorlik subyektlarining asosiy mulk huquqlariga oid qonunchilik normalari, aholi va tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo'lgan ko'chmas mulklarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yilishida to'lanadigan kompensatsiya to'lovlari to'g'risida huquqiy tushuntirishlar berildi.


Shuningdek, Adliya vazirligining tashabbusi bilan qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonning mazmun-mohiyati va ahamiyati keng aholiga tushuntirilishi ta’minlandi.