Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022-yil 9-oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan ma’lumot.


Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022-yil 9-oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar umumlashtirilib, tahlil qilindi.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022-yil 9-oyi davomida 5917 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 5493 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 4284 ta murojaat yoki 78 foizi qanoatlantirilgan.

Boshqarma rahbariyati va tuman (shahar) adliya bo‘lim xodimlarining shaxsiy qabullarida 2022-yil 9 oy davomida jami 1157 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.

Shuningdek, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlarining jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida hal etish maqsadida 2022-yilning 9 oy davomida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish jadvali tasdiqlangan.

Tashkil etilgan sayyor qabullar jarayonida jami 2951 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.

Shaxsiy va sayyor qabullarda qabul qilngan jami 4108 ta murojaatlarning 3423 ta murojaat qanoatlantirildi, 566 ta marojaat bo‘yicha murojaat muallifiga huquqiy tushuntirish berildi hamda 86 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha vakolatli tashkilotga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Bundan tashqari, murojaatlarning ko‘rib chiqish ahvoli yig‘ilishlarda tanqidiy muhokama qilinib, bu borada natijadorlikni yanada oshirish choralari ko‘rib borilmoqda.

Boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga kelib tushgan va qanoatlantirilgan murojaatlarni, shuningdek murojaatlar davomida eng ko‘p uchrayotgan qonun buzilishi holatlarining kelib chiqish sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar matbuotda va rasmiy veb-saytlarda keng yoritib borilmoqda.

Shuningdek, ijobiy hal qilingan va qanoatlantirilgan murojaatlar doimiy ravishda televidenie, radio, ijtimoiy tarmoqlar, bosma va boshqa elektron ommaviy axborot vositalarida yoritilib borilmoqda.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasida jami 4458 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 4133 tasi hal etilgan bo‘lib, 3947 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 88 % ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 277 ta taqdimnoma, 1690 da’vo arizasi, 58 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 144 nafar xodim intizomiy, 57 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 28.868.452.672 so‘m undirilishi ta’minlangan. Shuningdek, 151 ta hujjat bekor qilinishi ta’minlandi. Mazkur sohadagi tahlil, murojaatlarni ijtimoiy himoyaga doir qonunlar ijrosi masalalari yuzasidan, mehnat nizolari yuzasidan va yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan ko‘pligini ko‘rsatdi.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid jami 742 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 715 tasi hal etilgan bo‘lib, 521 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 70 % ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 75 taqdimnoma, 120 da’vo arizasi, 45 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 23 nafar xodim intizomiy, 7 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 7.691.078.855 so‘m undirilishi ta’minlangan. Mazkur sohadagi tahlil ham murojaatlarning yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan, bank faoliyati va soliq sohasiga oid masalalarda ko‘pligini namoyon etdi.

 

Rejalashtirishi va samadorlikni

baholash bo‘limi