Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI


Mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta'minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitasiya tadbirlari hamda vositalari tizimi hisoblanadi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 13-dekabrida viloyat adliya boshqarmasining binosida viloyat bandlik bosh boshqarmasi mutaxassisi B.G‘afforov ishtirokida mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi

Xususan, seminar ishtirokchilarigaO‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 22-sentyabrdagi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida” O‘RQ-410-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1066-son qarori mazmun mohitayati tushuntirildi.

Shuningdek, xodim ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda, shu jumladan ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda mehnatda mayib bo‘lishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni boshqa ishga o‘tkazish zaruratiga, u kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishiga yoxud vafot etishiga sabab bo‘ladigan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillarning ta'siri natijasida xodimning sog‘lig‘i shikastlanishi yoki mehnat qobiliyati yo‘qotilishi yoki vafot etishi ehtimoli bilan bog‘liq kasbga oid (kasbiy) xavf-xatarlar hamda mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, xodimning funksional (lavozim) vazifalariga kiradigan ishni yoki ish beruvchi tomonidan topshirilgan boshqa ishni bajarishning xavfsiz uslub va usullari bilan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar tushuntirib o‘tildi.

Seminar oxirida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.