Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan kelib tushgan savollar
1. Nodavlat notijorat tashkilotlari qanday tashkilot hisoblanadi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” gi Qonunining 2-moddasiga asosan nodavlat notijorat tashkiloti — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkiloti sanaladi.
2.Men nodavlat notijorat tashkiloti rahbariman va savolim quyidagicha, mening tashkilotim xalqaro tashkilotlar bilan aloqa qila oladimi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” gi Qonunining 5-moddasiga asosan nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilikka muvofiq xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlariga kirishi, ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri xalqaro aloqalar o‘rnatishi, hamkorlik to‘g‘risida tegishli bitimlar tuzishi mumkinligi belgilangan.
3.Nodavlat notijorat tashkilotlari yuridik shaxs hisoblanadimi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq nodavlat notijorat tashkiloti yuridik shaxs bo‘lishi belgilangan.
4.Men nodavlat notijorat tashkiloti ochmoqchiman, lekin tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli qanday bo‘lishini bilmayman. Menga nodavlat notijorat tashkilotlarining qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tuzishim kerakligi haqida ma’lumot bersayiz?
Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” gi Qonunining 10-moddasiga asosan nodavlat notijorat tashkilotlari jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond, muassasa shaklida, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shaklda tashkil etilishi mumkinlishi mumkin, nodavlat notijorat tashkilotlari o‘zlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar) shaklida birlashmalar tuzishi mumkinligi belgilangan. Shunga ko‘ra siz qonunchilikka belgilangan holda ochmoqchi bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotining tashkiliy-huquqiy shakl, yani jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond muaassasa va qonunchilikda belgilangan boshqa shalkda tashkil qilishiz mumkin.
5.Men nodavlat notijorat tashkiloti tashkil qilmoqchiman va buning uchun ta’sis hujjatlarim bo‘lishi kerak ekan, savolim shuki, nodavlat notijorat tashkilotlari ta’sis hujjatlari nima?
Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” gi Qonunining 16-moddasiga ko‘ra nodavlat notijorat tashkilotining ta’sis hujjatlari quyidagilardan iboratligi, ya’ni muassislar (a’zolar) tomonidan tasdiqlangan ustav,
qatnashchilar tomonidan tuzilgan ta’sis shartnomasi va ular tasdiqlagan ustav — uyushma (ittifoq) uchun belgilangan.
6.18 yoshga to‘lmagan shaxs nodavlat notijorat tashkiloti muassisi bo‘la oladimi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” gi Qonunining 18-moddasiga asosan agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxslar nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, qatnashchilari (a’zolari) bo‘lishi mumkinligi belgilangan. Shunga asosan, 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar tashkilot muassissi bo‘la olmaydi.
7.Men nodavlat notijorat tashkiloti tashkil qilmoqchiman, buning uchun kimga murojaat qilishim kerak?
Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” gi Qonunining 21-moddasiga asosan Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish adliya organlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. Shunga ko‘ra siz adliya organlariga murojaat qilishingiz ma’lum qilinadi.
8.Men nodavlat notijorat tashkiloti tashkil qilish uchun adliya organiga ariza bergandim, mening arizamga ular tomonidan 20 kundan ortiq muddatda javob qaytarildi. Mening savolim quyidagicha, tashkilotimni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bergan arizam qonunchilikka muvofiq qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” gi Qonunining 23-modasiga ko‘ra nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni qabul qilib olgan adliya organi ularni bir oylik muddat ichida ko‘rib chiqishi hamda nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishi va qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran uch kun ichida muassislarga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida guvohnoma yoki qonunchilikning qaysi qoidalari buzilganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga olib kelganligi haqida aniq ko‘rsatilgan hujjat berishi belgilangan. Shunga ko‘ra NNT davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bir oylik muddatda ko‘rib chiqilishi sizga ma’lum qilinadi.
9.Men nodavlat notijorat tashkiloti tashkil qilmoqchiman, men tashkil qilmoqchi bo‘lgan tashkilot tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullana oladimi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” gi Qonunining 31-moddasiga ko‘ra nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilikka muvofiq o‘z ustav maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkinligi belgilangan bo‘lib, siz qonunchilik normalariga muvofiq tadbirkorlik foliyati bilan shug‘ullanishingiz mumkinligi tushuntiriladi.
10.Nodavlat noijorat tashkilotini o‘rganish uchun nima asos bo‘ladi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.08.2018-yildagi
635-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini adliya organlari tomonidan monitoring qilish va o‘rganish tartibi to‘g‘risida” gi nizomning 5-bandida asosan quyidagi holatlar NNT o‘rganish uchun asos bo‘lishi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari yoki ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida chiqarilgan adliya vazirining buyrug‘i, adliya organlarining ish rejalari, adliya organlari tomonidan o‘tkazilgan monitoring hamda boshqa NNT lardan olingan ma’lumotlar (hisobotlar) tahlili, NNTlar tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibga rioya etilmagan holda o‘tkazilgan tadbirlar, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi murojaatlari, ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar, shuningdek, Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirilgan ma’lumotlar asos bo‘ladi.
11.Diniy tashkilot yuridik shaxs hisoblanadimi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi qonunining 11-moddasiga ko‘ra diniy tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanishi belgilangan.
12.Diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kimga murojaat qilishimiz kerak hamda qanday tartibda murojaat qilishimiz kerak?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi qonunining15-moddasiga ko‘ra davlat xizmatlari, shu jumladan diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda (qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda) xizmatlar adliya organlarining elektron tizimi orqali ko‘rsatilishi belgilangan. Shunga ko‘ra, siz adliya organlariga elektron tarzda murojaat yo‘llashingiz mumkinligi tushuntiriladi.
13.Diniy tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun qancha miqdorda davlat boji undiriladi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida” gi Qonunida diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari va diniy o‘quv yurtlarini
BHMning 20 baravari
boshqa diniy tashkilotlarni
BHMning 10 baravari
diniy tashkilotlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun ularni birinchi marta davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun belgilangan summaning 50 foizi miqdorida davlat boji undirilishi ko‘rsatilgan.
14.Diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun berilgan ariza qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida” gi Qonunining
21-moddasiga muvofiq diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun — murojaat olingan kundan e’tiboran bir oylik muddatda ko‘rib chiqilishi belgilangan.
15.Jamoat birlashmalari ustavida qanday majburiy qoidalar mavjud?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida” gi qonunining
10-moddasida jamoat birlashmasining ustavida quyidagilar ko‘zda tutilishi kerakligi, ya’ni:
1) jamoat birlashmasining nomi, maqsadi va vazifasi;
2) jamoat birlashmasining ichki tuzilishi, uning o‘z faoliyatini amalga oshiradigan hudud;
3) jamoat birlashmasi a’zoligiga qabul qilish shartlari va tartibi, agar birlashma ro‘yxatda qayd etiladigan a’zolarga ega bo‘lsa, bunday hollarda undan chiqish shartlari va tartibi;
4) jamoat birlashmasi a’zolari (qatnashchilari)ning huquqlari va burchlari;
5) jamoat birlashmasi hamda uning tashkilotlari rahbar idoralarining vakolatlari va ularni tuzish tartibi, ularning vakolat muddati;
6) jamoat birlashmasi hamda uning tashkilotlarining mablag‘lari va boshqa
mol-mulkini hosil qilishning pul bilan ta’minlanish manbalari;
7) jamoat birlashmasining rahbar idorasi qaerda joylashganligi;
8) jamoat birlashmasi ustaviga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritish tartibi;
9) jamoat birlashmasi faoliyatini to‘xtatish tartibi ko‘rsatilgan.
16.Qaysi tashkilotlar majburiy auditor tekshiruvidan o‘tkazilishi kerak?
Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida” gi Qonunining 35-moddasiga muvofiq quyidagi tashkilotlar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozimligi, ya’ni:
aksiyadorlik jamiyatlari;
banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
sug‘urta tashkilotlari;
investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jamlovchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilari;
manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalaridan iborat bo‘lgan xayriya, jamoat fondlari va boshqa fondlar;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlatga tegishli ulushga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat unitar korxonalari;
fond va tovar birjalari o‘tishi belgilangan.
17.Respublika miqyosida faoliyat yuritadigan jamoat fondi tashkil qilmoqchiman, buning uchun dastlabki mablag‘ning shalklantirish qancha miqdorni tashkil qiladi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi “Jamoat fondlari to‘g‘risida” gi qonunining
201
– moddasiga ko‘ra xalqaro va respublika jamoat fondlari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari miqdorida dastlabki pul summasi talab etilishi belgilangan.
18.Mahalliy jamoat fonlari uchun mablag‘larning dastlabki summasi qanchani tashkil qiladi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi “Jamoat fondlari to‘g‘risida” gi qonunining
201
– moddasiga ko‘ra mahalliy jamoat fondlari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida bo‘lishi kerakligi belgilangan.
19.Jamoat fonlarining filial va vakolatxonalari tashkil qilish uchun mablag‘larning dastlabki qismining shakllantirilganligi haqida deklaratsiya bo‘lishi shartmi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi “Jamoat fondlari to‘g‘risida” gi qonunining
201
– moddasiga ko‘ra jamoat fondlarining alohida bo‘linmalari (vakolatxonalari va filiallari) uchun dastlabki mablag‘larning eng kam miqdori mavjud bo‘lishi talab etilmaydi.
20.Fond tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ulanishi mumkinmi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi “Jamoat fondlari to‘g‘risida” gi qonunining
22 – moddasiga ko‘ra fond qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan o‘z ustavida belgilangan maqsadlarga to‘g‘ri keladigan doirada shug‘ullanishi mumkinligi belgilangan bo‘lib, szi ham qonunchilik bilan ta’qiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
21.Jamoat fondlarida vasiylik kengashi organi bo‘lar ekan, mening savolim quyidagicha, fondning vasiylik kengashi dastlab kim tomonidan shaklantiriladi hamda vasiylik kengashining qonunchilik normalari bilan belgilangan eng kam a’zosi mavjudmi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi “Jamoat fondlari to‘g‘risida” gi qonunining
26-moddasida fondning vasiylik kengashi fondning organi bo‘lib, u fond faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi, fond vasiylik kengashining tarkibi kamida uch kishidan iborat bo‘lishi kerakligi, vasiylik kengashi dastlabki tarkibining a’zolari muassislar (muassis) tomonidan yoki fond vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lsa, vasiyatnomada nazarda tutilgan tartibda tayinlanishi belgilangan.
22.Bilishimcha, ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risida qonun qabul qilingan, mening savolim quyidagi ijtimoiy sherikchilik qaysi sohalarni qamrab oladi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” gi Qonunining
5-moddasiga muvofiq ijtimoiy sheriklik quyidagi sohalarda amalga oshirilishi mumkinligi, ya’ni:
aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qo‘llab-quvvatlash va uning ijtimoiy faolligini oshirish;
aholining bandligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, fermerlikni rivojlantirish;
atrof muhitni, aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish;
har tomonlama barkamol va sog‘lom yosh avlodni shakllantirish, yoshlarga bilim berish, ularni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash va kasbga yo‘naltirish;
onalik va bolalikni, shuningdek xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy hayotida to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlash, sog‘lom oilani shakllantirish;
fan, ta’lim, axborotlashtirish, madaniyat va sportni rivojlantirish;
aholining huquqiy bilimlari, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat asoslarini mustahkamlash;
millatlararo, madaniyatlararo totuvlik va fuqarolar totuvligi g‘oyalarini mustahkamlash, ko‘p asrlik, an’anaviy ma’naviy-axloqiy hamda tarixiy-madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlash;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish;
jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish sohalarida tuzilishi mumkinligi belgilngan.
23.Hakamlik sudlari yuridik shaxs sanaladimi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida” qonunining 5-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi va muvaqqat hakamlik sudlari tashkil etilishi mumkinligi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hakamlik sudlarini tashkil etishi hamda hakamlik bitimi taraflari bo‘lishi mumkin emasligi, hakamlik sudlari yuridik shaxs bo‘lmasligi belgilangan.
24.Hakamlik sudlari kim tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida” qonunining
8-moddasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tegishli hududlarda doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan o‘tkazishni va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishni amalga oshirishlari belgilangan.
25.Yoshim 35 da. Men hakamlik sudi sudyasi bo‘lmoqchiman, buning uchun qanday talablar bor, shu haqda ma’lumot bersayiz?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida” qonunining
14-moddasiga muvofiq nomzodga yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan, nizoning xolis hal qilinishini ta’minlashga qodir bo‘lgan, nizoning pirovard natijasidan bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lmagan, hakamlik bitimi taraflaridan mustaqil bo‘lgan va hakamlik sudyasi majburiyatlarini bajarishga rozilik bergan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hakamlik sudyasi etib saylanishi (tayinlanishi) mumkinligi belgilangan.
26.Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan o‘tkazilishi rejalashtiriladigan tadbirlarga qaysi tadbirlar kiradi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirining buyrug‘I bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom” ning 1-bandiga ko‘ra nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan konferensiya, seminar, trening, yig‘ilish, aksiya, davra suhbati, uchrashuv, simpozium va boshqa shakllarda shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi yoki xorijiy davlat hududida to‘planishini tashkil qilish nodavlat notijorat tashkiloti tadbiri hisoblanishi belgilangan.
27.Diniy tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan diniy ma’rosimlar haqida ham ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga xabar berish kerakmi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi” nizomning 2-bandida ko‘ra mazkur Nizom talablari siyosiy partiyalar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarga, shuningdek diniy tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan ibodat, diniy rasm-rusumlar va marosim tarzidagi tadbirlarga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilangan. Shunga ko‘ra diniy rasm-rusmlar to‘g‘risida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qilish shart emasligi tushuntiriladi.
28.Tadbirlar to‘g‘risida qancha muddat ichida adliya organini xabardor qilish kerak?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi” nizomning 6-bandiga asosan nodavlat notijorat tashkilotlari tegishli adliya organini tadbir haqida yozma yoki elektron shaklda quyidagi muddatlarda xabardor qilishi kerakligi, ya’ni:
tadbir O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolarining ishtirokisiz o‘tkazilishi rejalashtirilganda — tadbir o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin;
tadbir O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari ishtirokida yoki xorijiy davlat hududida o‘tkazilishi rejalashtirilganda — tadbir o‘tkazilishidan kamida 20 kun oldin xabardor qilinishi kerakligi belgilangan.
29.Men nodavlat notijorat tashkilotining rahbariman, tashkilot nizomi bo‘yicha umumiy yig‘ilish o‘tkazishni rejalashtiryapman, bu haqda ham adliya organiga xabardor qilishim kerakmi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirining buyrug‘I bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi” nizomning 9-bandiga asosan Nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi tadbirlar o‘tkazilishini rejalashtirgan hollarda tadbir o‘tkazilishidan kamida 3 ish kuni oldin tegishli adliya organiga Xabarnomaning 1 — 8-bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ko‘rsatilgan xat yuborishi, ya’ni nodavlat notijorat tashkilotining ustaviga yoki nizomiga muvofiq uning rahbar organlarining yig‘ilishlarini o‘tkazish rejalashtirilganda (nodavlat notijorat tashkilotining bosh tashkiloti, shu jumladan bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari, shuningdek bunday vakolatxonalarning bosh tashkiloti xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan ommaviy axborot vositalari vakillaridan tashqari boshqa shaxslar ishtirok etmagan hollarda) belgilangan.
30.Mening ta’lim inspeksiyasidan olgan litsenziyam mavjud, shuning uchun fuqarolarni kasb-korga o‘qitish uchun ularga dars mashg‘ulotlari, seminar-treninglar o‘tkazib beraman. Men bu mashg‘ulotlar to‘g‘risida adliya organini xabardor qilishim kerakmi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirining buyrug‘I bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi” nizomning 9-bandiga asosan Nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi tadbirlar o‘tkazilishini rejalashtirgan hollarda tadbir o‘tkazilishidan kamida 3 ish kuni oldin tegishli adliya organiga Xabarnomaning 1 — 8-bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ko‘rsatilgan xat yuborishi, ya’ni nodavlat notijorat tashkilotining tegishli litsenziya yoki ruxsatnomaga ega bo‘lgan holda ushbu faoliyat turini amalga oshirish yuzasidan tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilganda xabardor qilishi belgilangan.
31.Mening tashkilotimning tumanda bo‘ladigan tadbirga hokim qarori bilan ishtiroki ta’minlandi. Bu to‘g‘risida adliya organini xabardor qilishim kerakmi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirining buyrug‘I bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi” nizomning 9-bandiga asosan Nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi tadbirlar o‘tkazilishini rejalashtirgan hollarda tadbir o‘tkazilishidan kamida 3 ish kuni oldin tegishli adliya organiga Xabarnomaning 1 — 8-bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ko‘rsatilgan xat yuborishi, ya’ni nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va boshqa hujjatlarida, shuningdek davlat dasturlari va milliy rejalarda o‘tkazilishi nazarda tutilgan tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilganda xabardor qilish belgilangan.
32.Men yaqinda grant yutib oldim, mazkur grant lyihasi bo‘yicha bir qancha tadbirlar o‘tkazishim kerak, bu haqda adliya organini xabardor qilishim kerakmi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirining buyrug‘I bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi” nizomning 9-bandiga asosan Nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi tadbirlar o‘tkazilishini rejalashtirgan hollarda tadbir o‘tkazilishidan kamida 3 ish kuni oldin tegishli adliya organiga Xabarnomaning 1 — 8-bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ko‘rsatilgan xat yuborishi, ya’ni nodavlat notijorat tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzurida tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari tomonidan ajratilgan davlat granti va davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilganda xabardor qilishi kerakligi belgilangan.
33.Mening savolim uyidagicha, sport federatsiyasi ham o‘tkaziladigan tadbirlar haqida xabardor qilishi kerakmi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirining buyrug‘I bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi” nizomning 9-bandiga asosan Nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi tadbirlar o‘tkazilishini rejalashtirgan hollarda tadbir o‘tkazilishidan kamida 3 ish kuni oldin tegishli adliya organiga Xabarnomaning 1 — 8-bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ko‘rsatilgan xat yuborishi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan tasdiqlangan yoki ular bilan kelishilgan rejalarga muvofiq o‘tkaziladigan ommaviy jismoniy-tarbiya va sport tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilganda xabardor qilishi belgilangan.
34.Men Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ruhsatnoma asosida tadbir o‘tkazishni rejalashtiryapman, bu haqda adliya organini xabardor qilishim kerakmi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirining buyrug‘I bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi” nizomning 9-bandiga asosan Nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi tadbirlar o‘tkazilishini rejalashtirgan hollarda tadbir o‘tkazilishidan kamida 3 ish kuni oldin tegishli adliya organiga Xabarnomaning 1 — 8-bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ko‘rsatilgan xat yuborishi, ya’ni nodavlat notijorat tashkilotining Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalari talablariga muvofiq tegishli ruxsatnomaga asosan tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilganda xabardor qilishi belgilangan.
35.Nodavlat notijorat tashkilotining alohida bo‘linmasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qancha miqdorda davlat boji undiriladi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.03.2014-yildagi
57-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi nizomning 9-bandiga ko‘ra NNTning alohida bo‘linmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchun davlat boji undirilmasligi belgilangan. Shunga ko‘ra davlat boji undirilmaydi.
36.NNT ni tashkil qilish uchun umumiy yig‘ilish qarori qabul qilingandan so‘ng qancha vaqt mbaynida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ariza bilan murojaat qilish mumkin?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.03.2014-yildagi
57-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi nizomning 12-bandida NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ta’sis syezdi (konferensiyasi) yoki umumiy yig‘ilish o‘tkazilgan kundan boshlab ikki oy mobaynida, jamoat birlashmasi uchun — bir oy mobaynida berilishi belgilangan.
37.Alohida bo‘linmani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ta’sischilar haqida ma’lumot kerakmi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.03.2014-yildagi
57-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi nizomning 13-bandida siyosiy partiyalardan tashqari, NNTni tuzish tashabbuskorlari yoxud ta’sischilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularda jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, yashash joyi hamda yuridik shaxslar uchun — nomi, pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi ko‘rsatilishi belgilangan.
38.Kasaba uyushmasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tashabbuskor fuqarolar soni qancha bo‘lishi kerak?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.03.2014-yildagi
57-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi nizomning 13-bandida kamida uch ming kishining ro‘yxati — kasaba uyushmalari uchun belgilangan.
39.Men jamoat birlashmasi shaklidagi NNT tashkil qilmoqchiman buning tashabbuskor fuqarolardan nechta kerak?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.03.2014-yildagi
57-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi nizomning 13-bandida kamida o‘n kishining ro‘yxati — boshqa jamoat birlashmalari uchun, siyosiy partiyalardan tashqari bo‘lishi belgilangan.
40.Alohida bo‘linmaning nizomi bosh tashkilot ustaviga muvofiq ishlab chiqilishi zarurmi?
Javob: Ha. Sababi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
10.03.2014-yildagi 57-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi nizomning
15-bandida yuridik shaxslar hisoblanadigan alohida bo‘linmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda, NNTlar bosh tashkilot ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan alohida bo‘linma to‘g‘risidagi nizomni taqdim etishlari belgilangan.
41. NNT ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun qancha miqdorda davlat boji undiriladi?
Javob: Hududiy NNT ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Qarorining 6-bandida hududiy nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida davlat boji undirilishi belgilangan.
42.NNT ni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun berilgan ariz qancha vaqtda javob beriladi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Qarorining 1-bandida nodavlat notijorat tashkilotini qayta ro‘yxatdan hamda uning ramzini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati bir oydan o‘n besh kungacha qisqartirilishi belgilangan.
43.Men tashkilotinimning nomini o‘zgartirmoqchi edim, buning uchun menga qanaqa hujjatlar kerak?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining10.03.2014-yildagi
57-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi nizomning 29-bandida ta’sis hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza, NNT vakolatli rahbar organining ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori (bosh tashkilotning ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan qarori (bayonnomasi) – xalqaro va xorijiy NNTlarning filiallari va vakolatxonalari uchun), ta’sischi(lar) tomonidan vakil qilingan shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan ikki nusxada — ta’sis hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning matni yoki ta’sis hujjatlarining yangi tahriri, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi — nomi o‘zgargan taqdirda arizaga ilova qilinishi belgilangan.
44. Mening bosh tashkilotimning Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan ramzi mavjud, men o‘z faoliyatimda mazkur ramzdan foydalanishim mumkinmi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining10.03.2014-yildagi
57-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi nizomning 4-bandida NNTning alohida bo‘linmalari o‘z faoliyatida bosh NNT ramzidan foydalana olishlari belgilangan. Shunga ko‘ra siz ham o‘z faoliyatizda bemalol bosh tashkilot ramzidan foydalana olasiz.
45. Mening tashkilotim imtiyozga ega kishilar tashkiloti, ya’ni mening tashkilotimda nogironlar mavjud. Agar men tashkilotim ramzini davlat ro‘yxatidan o‘tkazmoqchi bo‘lsam qancha miqdorda davlat boji to‘lashim zarur?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Qarorining 1-bandida nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, nuroniylar, xotin-qizlar, bolalar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish uchun davlat boji undirilmasligi belgilangan. Shunga ko‘ra sizdan davlat boji undirilmasligi ma’lum qilinadi.
46. NNT ramzini ro‘yxatdan o‘tkazishda qanday hujjatlar talab qilinadi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining10.03.2014-yildagi
57-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi nizomning 13-bandida NNT rahbar organi tomonidan tasdiqlangan ramzning nizomi, NNT davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi, ikki nusxada ramzning namunasi va tavsifi, NNT rahbar organining NNT ramzlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori, bosh NNTning xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonasi va filiali ramzini hamda uning tavsifini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori — xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari va filiallari uchun ilova qilinishi belgilangan.