Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshligʼi

Raxmatov Anvar Islomovich

Телефон:
(0-365) 223-21-20

chorshanba kuni soat 8.00dan 12.00gacha

1982-yil 23-sentabrda Buxoro viloyati Romitan tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti – oliy, huquqshunos. 2003-yilda Toshkent davlat yuridik instituti, 2009-yilda Buxoro davlat universiteti (sirtqi), 2010-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2003-yilda Kogon shahar markaziy kasalxonasi huquqshunosi lavozimidan boshlagan. 2004 yil yanvar-fevral oylarida Dehqon va fermer xo'jaliklari uyushmasi Buxoro viloyat vakilligi huquqshunosi, 2004-2005-yillarda Buxoro viloyat adliya boshqamasi Huquqiy ma'rifat targ'iboti bo'yicha yetakchi maslahatchisi, 2005-2006-yillarda Buxoro viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi katta maslahatchisi, bo'lim boshlig'i, 2006-2010-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish markazi yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi, 2010-2011-yillarda Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari, 2011 yil avgust-noyabr oylarida Adliya vazirligining Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish bosh boshqarmasi Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish boshqarmasi boshlig'i, 2011-2013-yillarda Adliya vazirligining Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish bosh boshqarmasi Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish boshqarmasi boshlig'i, 2013-2019-yillarda Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari, 2019-yil iyun-sentyabr O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori o'rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchisi (yuklatilgan), 2019-2020-yillarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuridik ta'lim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining boshlig'i, 2020-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining direktori, 2021-2022-yillarda Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari-Buxoro viloyati yuridik texnikumi direktori lavozimlarida ishlagan.

O'zbekiston Respublikasi adliya vazirining 29.04.2022-yildagi 348-sht-son buyrug'i bilan A.Raxmatov Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlangan

Должностные обязанности...

Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari

Bahronov Sherzod Xolmurodovich

Телефон:
(0-365) 223-21-20

seshanba - payshanba kunlari soat 8.00dan 12.00 gacha

1986-yil 12-avgustda Buxoro viloyati G’ijduvon tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti – oliy, huquqshunos. 2006-yilda Toshkent davlat yuridik institute (bakalavr), 2008-yilda Toshkent davlat yuridik institute (magistratura), 2014-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2006-yilda Buxoro viloyat hokimligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi Romitan va Peshko' tumanlararo Davlat mehnat huquq inspektori lavozimidan boshlagan.

 

2007-2009-yillarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish markazi ish yurituvchi kotibi, katta maslahatchisi, yetakchi maslahatchisi

2009-2012-yillarda Buxoro viloyat adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi boshlig'i, boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari, 2012-2014-yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi, 2014-2017-yillarda       Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari, 2017-2020-yillarda Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i, 2020-2022-yillarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi direktorining o'rinbosari, 2022 yil 29 iyundan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Должностные обязанности

Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari

Toyirov Shuxrat Sultonovich

Телефон:
(0-365) 223-77-17

dushanba - juma kunlari soat 8.00dan 2.00gacha

1984 yil 2 avgustda Buxoro viloyati Romitan tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti — oliy, huquqshunos. 2006 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2006-yilda Buxoro shahar 3-son davlat notarial idorasining notarius stajyori lavozimidan boshlagan. 2008-2010-yillarda Buxoro viloyati adliya boshqarmasining notariat bo'yicha yetakchi maslahatchisi, 2010-2011-yillarda Buxoro viloyati adliya boshqarmasi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo'limining bosh maslahatchisi, 2011-2014-yillarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish bosh boshqarmasi Buxoro viloyat hududiy bo'limining bosh maslahatchisi, 2014-2015-yillarda Buxoro viloyati adliya boshqarmasi Yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'limining bosh maslahatchisi, 2015-2018-yillarda Buxoro viloyati adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo'limining boshlig'i, 2018-2019-yillarda Buxoro viloyat adliya boshqarmasi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish bo'limi boshlig'i lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan.

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2019-yil 14-iyundagi buyrug'iga asosan Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari etib tayinlangan.

Должностные обязанности

Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari

Xolov Qayim Ismatovich

Телефон:
(0-365) 221-21-80

dushanba soat 15.00dan 17.00 gacha,juma soat 10.00dan 12.00 gacha

1979 yilda Romitan tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos, 2003 yilda Toshkent davlat yuridik instituti tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2005-yilda Buxoro viloyat adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi yetakchi maslahatchisi vazifasidan boshlagan, 2006-2010-yillarda Buxoro viloyat adliya boshqarmasi Jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha yetakchi maslahatchisi, 2010-2011-yillarda Buxoro viloyat adliya boshqarmasi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i, 2011-2014-yillarda Qonunchilikka rioya etishi ustidan nazorat qilish bosh boshqarmaning Buxoro viloyat hududiy bo‘limining boshlig‘i, 2014-yil avgust-dekabr oylarida Buxoro viloyat adliya boshqarmasining Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, 2014-2016-yillarda Buxoro viloyat adliya boshqarmasining Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i, 2016-2018-yillarda Tadbirkorlik sub’ektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish bo‘limi boshlig‘i, 2018-yil fevral-mart oylarida Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash sho‘basi mudiri, 2018-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2022-yil 23-may kunidan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Должностные обязанности