Янгиликлар
"Covid-19"yoxud Jahon miqyosidagi qurolsiz, jangsiz kurash.
So'nggi kunlarda yangi turdagi koronavirus pandemiyasi dunyo kun tartibidagi yagona dolzarb muammoga aylanib ulgurdi. Virusning tez tarqalishi barcha ijtimoiy qatlamlarni o'z qamroviga olib, mamlakatlarda iqtisodiy, siyosiy, harbiy va ijtimoiy darajadagi jiddiy o'zgarishlarga sabab bo'ldi desak mubolag`a bo`lmaydi.
Darhaqiqat, Covid-19 virusi na yosh, na jins, na irq, na millat tanlab o'tirmayabdi.
Bizning mamlakatimizda ham jiddiy o'zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev 2020 yil 18 martda O'zbekiston xalqiga Koronavirus bilan bog'liq vaziyat bo'yicha murojaat bilan chiqib, xalqning uyda o'tirib belgilangan ko'rsatmalariga qat`iy rioya qilmog 'i lozimligi alohida e'tirof etildi. Tibbiy sanitariya gigiyena qoidalari to'g'risida Respublika Bosh Davlat Sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ommaviy axborot vositalari orqali efirga chiqib koronavirus bilan bog'liq kunlik hisobotlarni va tushuntirishlarni olib bormoqda. Bugungi kunda butun dunyo insoniyat murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Prezidentimizning 2020 yil 3 aprelda "Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qo'llab - quvvatlash " masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida O'zbekiston xalqiga navbatdagi murojaatida "Iloji boricha o'lim bo'lmasligi kerak. Hozir temir intizom bilan ishlasak natija albatta biz ko'zlagandek bo'ladi."deya ta'kidlab o`tdilar. Koronavirus pandemiyasining O'zbekistonga kirib kelishi bilanoq jamiyatimizda harakatlanib turgan deyarli barcha sohalarning faoliyatlariga cheklov o'rnatildi. Jumladan, Maktabgacha ta'lim muassasalari, maktablar, o'rta maxsus va oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan shaxslar, savdo shahobchalari, bir qancha davlat muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatlari vaqtinchalik to'xtatildi. Xorijiy munosabatlarni birlashtirishda ishtirok etish vazifasini bajaruvchi aviaqatnovlar, temir yo'llar, viloyatlar, shaharlar, tumanlararo qatnovchi avto harakatlar, metropoliten, mototransport hamda velotransportlarda ham vaqtinchalik harakatlar to'xtatildi. Ushbu cheklovlarning asosiy maqsadga yo'naltiruvchi omil bu - "Uyda o'tirish"dir. Chunki tibbiy xulosalarga ko'ra ushbu virus bir kishiga yuqsa, muloqotda bo'lgan barcha shaxslarga o'tishi, jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi Ommaviy axborot vositalari orqali turli xil videolavhalar orqali namoyish etib kelinmoqda. Karantin qoidalarini buzgan shaxslarga davlatimiz qonunchiligiga qator qo'shimchalar belgilandi ya'ni karantin davrida karantin qoidalarini buzganlik uchun jinoiy hamda ma'muriy javobgarlik chorakari kuchaytirildi. Lekin ming afsuski, jamiyatimizda qonun qoidalarga atayin mensimaslik, beparvolik qilib o'zi va atrofdagilarni hayotiga zomin bo'lishga intilayotgan ko`pchilik hamyurtlarimiz huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan aniqlanib tegishlicha javobgarlikka tortilmoqdalar. Nahotki, mazkur huquqbuzarlar bu qaltis jarayonni jiddiyligini, davlatimiz ushbu virusga qarshi kurashish uchun va uni oldinini olish bo`yicha milliardlab sarmoyalar ajratayotganligini hali hanuzgacha anglab yetmayaptilar. Minglab shifokorlarimiz tunu kun koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarni hayotlarini saqlab qolish uchun metindek iroda va jasoratlarini, qolaversa o'z hayotlarini hech ikkilanmay xavf ostiga qo'yish bilan o'zlarini fidoiy mehnatlarini baxshida etayotgan bir paytda, karantin qoidalariga rioya qilmayotgan fuqarolarimizning hatti-harakatlari jinoyatdir!
Prezidentimiz har bir murojaatlarida va yig'ilishlarida shifokorlar, hamshiralar, sanitar xodimlarga o'z minnatdorchiliklarini bildirib o'tayotgaliklari ham bejiz emas. Hatto karantinga olinganlar va koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarni davolashda ishtirok etayotgan barcha tibbiyot xodimlariga har oylik, shifokorlarga 25 mln. hamshiralarga 15 mln. sanitar xodimlarga esa 5 mln. so'mlik ustamalar belgilandi.
Prezidentimiz xalqqa qilgan o'z murajaatlarining birida o'zbek millatining qo'lni ko'ksiga qo'yib salomlashish urf-odatini yuqori gigiyenaga asoslangan turmush tarzi ekanligi, milliy urf-odatlarimiz azaldan kasallikni yengishda muhim rol o'ynashini ta'kidlab, Yaponiya madaniyatida masofadan turib salomlashish qoidalarining mavjudligi bu eng to'g'ri gigiyenik omil ekanligi xususida ham to'xtalib o'tdilar.
Jahon statistik ma'lumotlarga ko'ra dunyo bo'yicha koronavirus kasalligi qurboniga aylangan shaxslar 1 million 200 ming nafarni tashkil etadi va eng yuqori ko'rsatkichlar AQSH, Italiya, Fransiya,Germaniya, Rossiya kabi dunyoning rivojlangan mamlakatlarida kuzatilib, ularda o'lim holati avj olmoqda. Kasallik yuqtirishni boshlab bergan Xitoyda esa keskin suratlarda epidemiyaga chalinish ko'rsatkichlari pasaydi, sababi ularda karantin qoidalariga qat'iy rioya etilishi borasida 2 oy muddatda keskin choralar ko`rilganligidadir. Butun xalqlarni tashvishga solayotgan ushbu kasallikni oldinini olish bo'yicha belgilangan talab bu Uyda qolib, gigiyena qoidalariga birinchi vazifa sifatida qarashdir. Uyda qolib nafaqat o`zingiz va yaqinlaringiz sog`ligini xavfdan asragan bo`lasiz ayni payda davlatning koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda o`z hissalarizni qo`shgan bo`lasizlar. Shunday ekan ozgina bo'lsada qat'iyatliroq, sabrliroq va mas'uliyatliroq bo'lib, pandemiyaga qarshi birgalikda kurash olib boraylik!
Бухоро вилояти Юридик коллежи директори ўринбосари Хусенов Азамат