Янгиликлар
Adliya boshqarmasining 2021 yil 1 choragidagi faoliyati tahlil etildi
Joriy yilning 20 aprel kuni Buxoro viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay`at majlisi bo'lib o'tdi. Unda 2021 yilning I choragi davomida boshqarma markaziy apparati tarkibiy bo'linmalari va tizimdagi tuman (shahar) adliya bo'limlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yo'l qo'yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Hay`at majlisi boshqarmaning majlislar zalida, boshqarma va uning tizimida faoliyat yuritayotgan adliya xodimlari ishtirokida o'tkazildi.
Yig'ilishda boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari so'zga chiqib, hay`at majlisi kun tartibidagi 1-masala Adliya vazirligining joriy yilning 17 aprel kunidagi kengaytirilgan hay`at majlisidagi masalalar muhomasi, adliya organlari va muassasalari tomonidan aholining murojaatlari bilan ishlash borasida yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar, aholiga huquqiy xizmat ko'rsatishdagi ayrim tizimli muammolar, sohani takomillashtirish va aholiga qulayliklar yaratishdagi muammolarni hal etishda rahbarlarda shaxsiy tashabbus va talabchanlikning etarli bo'lmayotganligiga to'xtalib o'tdi.
Shuningdek, hay`at majlisida boshqarma va tizimdagi tuman (shahar) adliya bo'limlari tomonidan joriy yilning dastlabki choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalarga oid hisobot eshitildi. Xususan ma`ruzada quyidagilar amalga oshirilganligi ta`kidlab o'tildi:
Murojaatlarni ko'rib chiqish sohasida:
Jami 898 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan bo'lib, mazkur murojaatlarning 734 tasi hal etilgan bo'lib, shundan 371 ta murojaat yoki 51 foizi qanoatlantirilgan, 280 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan, 75 ta murojaat tegishligiga ko'ra boshqa idora va tashkilotlarga yuborilgan.
O'tkazilgan o'rganishlar va qo'llanilgan ta'sir choralari bo'yicha:
Joylarda o'tkazilgan o'rganishlar davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 283 ta taqdimnoma ma'muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 62 ta taklif va 747 ta ogohnoma kiritilgan. Kiritilgan taqdimnomalarga asosan 123 nafar shaxs intizomiy va 48 nafar shaxslar esa ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
Boshqarma tomonidan sudlarga kiritilgan da'vo arizalar bo'yicha:
Fuqarolar manfaatini ko'zlab, ularning buzilgan qonuniy huquq va manfaatlarini tiklash, moddiy va ma'naviy zararlarni undirish to'g'risida sudlarga jami 2 mlrd. 379 mln. 686 ming 186 so'mlik 65 ta da'vo arizalari kiritilgan. Shundan va o'tgan yilgi qoldiq da'vo arizalar bilan 2 mlrd. 972 mln. 816 ming 532 so'mlik 49 tasi sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.
Boshqarmaning normativ-huquqiy hujjatlarni ekspertizadan o'tkazish va qonun hujjatlarini turkumlash faoliyati bo'yicha:
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jami 15 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o'tkazish uchun topshirilib, 14 ta qaror loyihalari O'zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida”gi qonunda belgilab qo'yilgan norma talablari asosida ishlab chiqilganligi sababli rozilik imzosi qo'yilgan, 25 ta normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobiga olingan.
Adliya vazirining tegishli buyruqlari asosida jami 4 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berilib, 20 nafar yuridik xizmat xodimi ishga kirish maqsadida suhbatdan o'tkazildi va 5 nafari suhbatdan o'tmagan deb topildi, 5 nafar yuridik xizmat xodimi attestasiyadan o'tkazildi.
Qonun ijodkorligi, normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga etkazish, jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo'naltirilgan huquqiy targ'ibot faoliyati bo'yicha:
Viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlarning faoliyat sohalariga oid qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni o'z vaqtida qabul qilib olinishi va o'z tarkibiy bo'linmalariga etkazishlari maqsadida hududiy adliya organlari tomonidan 264 ta normativ huquqiy-hujjat tegishliligiga ko'ra elektron shaklda etkazilishi ta'minlandi.
Shuningdek, adliya organlari tomonidan 2021 yilning 1-choragi davomida jami 5 898 marotaba huquqiy targ'ibot ishlari olib borilgan bo'lib, shundan 2 370 tasini ommaviy axborot vositalari orqali, 3 221 tasini og'zaki huquqiy targ'ibot tadbirlari tashkil etdi.
Majlis yakunida faoliyatda ayrim kamchiliklarga yo'l qo'ygan mas`ul xodimlarning tushuntirish va izohlari eshitilib, amaliyotdagi mavjud kamciliklarni bartaraf etish, muammolarni yahshilash yuzasidan aniq maqsadga yo'naltirilgan takliflarni ishlab chiqish bo'yicha ishlarni yanada jonlantirish bo'yicha tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berib o'tildi.
TASHKILIY-NAZORAT VA TAHLIL ISHLARI BO'LIMI