Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Ichki ishlar organlari xodimlari uchun targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi


   Joriy yilning 19 aprel kuni Kogon shahrida joylashgan 62-sonli jazoni ijro etish muassasasida ichki ishlar organlari xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Mazkur targ'ibot tadbirida Kogon shahar adliya bo'limi mas'ul hodimi N.Hoshimov tomonidan O'zbekiston Respublikasining “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.12.2019 yildagi “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4546-son, 2021 yil 2 apreldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat havfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5050-son qarorlari hamda 2021 yil 26 martdagi “Jamoat havfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6196-son Farmonining mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan turli masalalardagi savollarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berilib, adliya vazirligining telegramm ijtimoiy tarmog'idagi “Huquqiy axborot” kanaliga obuna bo'lish tavsiya etildi.

Kogon shahar adliya bo'limi