Янгиликлар
Ayollar daftari: 536 dan ortiq xotin-qizlarga huquqiy ko'mak berildi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 yanvardagi “Xotin-qizlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 2-son qaroriga asosan viloyat adliya boshqarmasi va tizimdagi tuman (shahar) adliya bo'limlari bo'limlari xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga huquqiy ko'mak ko'rsatish, xususan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli va turmush tarzi og'ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo'lmagan xotin-qizlarni huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash borasida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Binobarin, viloyatda “Ayollar daftari”ga kiritilgan huquqiy yordamga muhtoj jami 536 nafar xotin-qizlarning barchasiga huquqiy maslahatlar berish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko'rsatilishi ta'minlandi.
Jumladan, 40 nafar tazyiq va zo'ravonlikka uchragan xotin-qizlarga, oilaviy notinch bo'lgan 31 nafar xotin-qizlarga yarashtirish bo'yicha, 11 nafar xotin-qizlarga ariza, da'vo ariza va boshqa prosessual hujjatlarini rasmiylashtirishda hamda 7 nafar fuqaroning aliment to'lovlarini undirish bo'yicha masalalariga huquqiy yordam ko'rsatildi.
Ayni paytda Xalq deputatlari hududiy kengashlari tomonidan ushbu toifadagi xotin-qizlarni “Ayollar daftari” ro'yxatidan chiqarish choralari ko'rilmoqda.
Huquqiy targ'ibot va ma`rifat bo'limi