Янгиликлар
G'ijduvonda "Huquqiy maslahatlar kuni aksiyasi" o'tkazildi
So'nggi yillarda aholi bilan muntazam muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi joriy etish, jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo'nalishiga aylandi. Odamlarning qiynab kelayotgan dardini eshitish, og'irini engil qilish yurtdoshlarimizning adolatga, davlatga bo'lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.
Xususan, davlatimiz rahbarining ishlarni hududlar tizimda hal etish tizimini yo'lga qo'yish kerakligini ta`kidlashlari asnosida murojaatlarni joyiga chiqqan holda sayyor qabullar orqali qabul qilish amaliyoti keng yo'lga qo'yilganligi xalqimiz ko'p yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarini hal bo'lishida tayanch bo'libgina qolmay, fuqarolarning idoralariga nisbatan ishonchini ortib borishiga sabab bo'lmoqda.
Joriy yilning 22-aprel kuni Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va "Yuksalish" umummilliy harakati viloyat hududiy bo'linmasi hamda G'ijduvon tuman adliya bo'limi va xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar bilan birgalikda aholi murojaatlarini eshitish hamda ularning muammoli masalalariga amaliy echim topishda huquqiy yordam ko'rsatish maqsadida G'ijduvon tumanidagi 60-sonli umumta`lim maktabida hudud aholisi uchun "Huquqiy maslahatlar kuni aksiyasi" o'tkazildi.
100 ga yaqin fuqarolar ishtirok etgan tadbirda adliya xodimlari tomonidan jamiyatda qonun ustuvorligini ta`minlash va mustahkamlashga qaratilgan yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish bilan birga, er to'g'risidagi qonunchiliklar va soliq sohasidagi qonunchiliklar yuzasidan ma`ruzalar qilinib, murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi hamda o'rganilishi vaqt talab etadigan murojaatlar tegishli tartibda ko'rib chiqish uchun nazoratga olindi.
Jahongir Ashurov,
Huquqiy targ'ibot va ma`rifat bo'limi
etakchi maslahatchisi