Янгиликлар
Navbatdagi sayyor qabul o'tkazildi
Inson manfaatlarini ta`minlash uchun avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish alohida ahamiyay kasb etadi. Aholini ijtimoiy himoya qilish, yoshlar va ayollarga ijtimoiy, huquqiy yordam berish, ularni bilim va kasb o'rganishga ishtiyoqi bor bo'lgan ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” tashkil qilinishi fikrimizning yaqqol dalilidir.
Jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini davlat organlari va xo'jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida tashkil etish, davlat xizmatchilarining xalq bilan muloqotga kirishlari uchun asos yaratish maqsadida joylarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Ana shunday qabullarning navbatdagisi joriy yilning 22-aprel kuni G'ijduvon tumanidagi 19-umumta`lim maktabi hududida o'tkazildi. Unda viloyat adliya boshqarmasi va G'ijduvon tuman adliya bo'limi mas`ul xodimlari tomonidan "Mazragan" va "Mirziyon" MFY aholisi sayyor qabul qilindi.
Qabul jarayonida aholi tadbirkorlik masalalari, subsidiyaga uy-joy olish tartibi, pensiyani qayta hisoblash, moddiy yordam olish tartibi, kredit ajratish yuzasidan o'zlarini qiynayotgan savollar bilan murojaat qilib, adliya xodimlaridan kerakli tavsiyalarni oldilar. Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyatiga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 6 ta murojaat o'rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.
Bu kabi tadbirlarning o'tkazib borilishi, xalq bilan faol va ochiq muloqotlar olib borilishi, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini ta'minlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratish maqsad qilingan.
Jahongir Ashurov,
Huquqiy targ'ibot va ma`rifat bo'limi
etakchi maslahatchisi