Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Korrupsiya-taraqqiyotga tahdid!


    Joriy yilning 3 may kuni viloyat transport boshqarmasida "Korrupsiya-taraqqiyotga tahdid!" mavzusida seminar tashkil etildi.
Viloyat transport boshqarmasi hamda uning tizimidagi tashkilotlarning mas`ul xodimlari ishtirok etgan tadbirda – viloyat adliya boshqarmasi vakillari ma`ruza bilan qatnashishdi.


Tadbir jarayonida viloyat adliya boshqarmasi mas`ul xodimi Jahongir Ashurov so'zga chiqib, 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonun soh?adagi huquqiy munosabatlarni to'liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini ko'tarishga, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko'rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligini alohida ta`kidlab o'tdi.
Shuningdek, tadbir davomida korrupsiya jinoyatining vujudga kelish tarihi to'g'risida, jumladan, korrupsiya – bu mansabdor shaxslar faoliyati bilan bog'liq jinoyat ekanligi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha xorij davlatlari, xhususan Singapur davlatining olib borgan tajribasi alohida muhim ahamiyatga ega ekanligi, korrupsiyaning oldi olinishi natijasida ushbu davlat rivojlangan davlatlar qatoridan o'rin olganligi ta`kidlanib, korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali usullaridan biri – har qanday sohada, tizimda korrupsiya holatlarning vujudga keltiruvchi shart-sharoitlarga barham berilishi kerakligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.


Tadbir davomida ishtirokchilar soha bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishib, kelgusida davlat ravnaqi uchun har bir fuqaro mas`ul ekanligini, korrupsiyaga qarshi kurashish – butun bir millat zimmasidagi mas'uliyat ekanligini anglab, milliy davlatchiligimiz ravnaqi uchun barcha sidqidildan mehnat qilish lozimligini ta`kidlab o'tishdi.

Huquqiy targ'ibot va ma`rifat bo'limi