Янгиликлар
Vobkentda sayyor qabul o'tkazildi
Vobkent tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan joriy yilning 29-30 aprel kunlari tumandagi Pushmon MFY va Kosari MFYda hududdagi "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "Temir daftar"larga kiritilgan fuqarolar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Tadbirda adliya xodimlari tomonidan mamlakatimizda qabul qilingan yangi qonun hujjatlari xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi va tadbirkorlik sub`ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to'siqlarni qisqartirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni, Saylov va soliq qonunchiligidagi yangiliklar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami, jumladan ayollarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan qonunchilik, odam savdosi, majburiy mehnat va boshqa dolzarb qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati xalqchil tilda tushuntirildi.
Shunindek, tadbirda 15 ga yaqin fuqarolarga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, jami 5 ta murojaatlar bo'lim ish yurituviga o'rganish uchun qabul qilib olindi.
Vobkent tuman adliya bo'limi