Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

“ILMGA E’TIBOR - ELGA E’TIBOR YOXUD YOSH OLIMLAR BELLASHUVI”


Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirining 2021 yil 29 yanvardagi Toshkent universitet talabalari bilan oʼtkazilgan uchrashuvda talabalar tomonidan bildirilgan takliflarini amalga oshirish boʼyicha “Yoʼl xaritasi”ning 5-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Buxoro viloyati yuridik texnikumi oʼquvchilari oʼrtasida maqolalar tanlovining saralash bosqichi bo’yicha “Yosh yuristlar” konferensiyasi tashkil etildi.

Bellashuv ishtirokchilari e’lon qilingan maqolalar “Shaxs huquq va manfaatlarini ta’minlashning dolzarb muammolari” , “ Sud hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatidagi dolzarb muammolarni ochib berish” , “ Yuridik ta’limni rivojlantirishda axborot texnologiyalarini qo’llash va ularning huquqiy asoslari”, “Huquq tizimida shaxs huquqlarini himoyalashning huquqiy asoslari” mavzularida chop etilgan.

Ilmiy bellashuvga hakamlar hay’atining xulosasiga ko’ra, 1-darajali diplom bilan, “Shaxs huquq va manfaatlarini ta’minlashning dolzarb muammolari” mavzusi bo’yicha yozgan maqolasi bilan Sud huquqiy faoliyat 1-guruh o’quvchisi Hasanov Ravshan To’lqin o’gli .

2-darajali diplom bilan, “Shaxs huquq va manfaatlarini ta’minlashning dolzarb muammolari” mavzusi bo’yicha yozgan maqolasi bilan Davlat huquqiy faoliyat 1-guruh o’quvchisi Jumayeva Zebiniso Nosir qizi.

3-darajali diplom bilan,”O’zbekistonda professional ta’limida o’qitishning dual tizimi tashkil etilishi” mavzusi bo’yicha yozgan maqolasi bilan Yuridik xizmat 2 -guruh o’quvchisi Mahmudov Rizamat Muhammadovichlar munosib deb baholanib taqdirlandi. “Yosh yuristlar “ deb nomlangan maqolalar tanlovining saralash bosqichidagi barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.


“Yosh yuristlar” konferensiyasining o’tkazilishi bo’lajak huquqshunoslarning qonunlarga bo’lgan ilmiy salohiyatini yanada oshirishga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturining mazmun mohiyati izchil tizimini shakllantirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.