Янгиликлар
Xotira – ajdodlarga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi !
Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulugʼ deganlaridek, Prezidentimiz tomonidan istiqlolning ilk yillaridan el-yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulugʼlash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini taʼminlashga qaratilayotgan eʼtibor xalqimizning ulugʼ qadriyatlari, bebaho maʼnaviy fazilati hisoblanadi.
Ikkinchi jahon urushida halok boʼlganlar xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatanimizning obroʼ-eʼtiborini yuksaltirishga, yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʼshayotgan faxriylarni eʼzozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan gʼalabaning 76 yilligi nishonlanishi munosabati bilan “Xotira va qadrlash kuni”da viloyatda tashkil etilgan maʼrifiy tadbirda adliya boshqarmasi masʼullari, yuridik texnikum pedagog xodimlari va oʼquvchilari tomonidan keng jamoatchilik ishtirokida 97 yoshni qarshilagan ulugʼ vatan urushi qatnashchisi Niyoz Gulovning hamda 98 yoshni qarshilagan Salom Raxmonov holidan xabar olishdi.
Tadbirda viloyat hokimi B.Zaripov Davlat Rahbari tomonidan yoʼllangan manzilli tabriknomani oʼqib eshittirdi hamda atalgan sovgʼa-salomlar taqdim etildi.