Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Yuridik ta`lim - porloq kelajak garovidir!


2019-yil 13-dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda  madaniyatni yuksaltirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PK-4551-son qarori hamda 2019-yil 9-yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining" Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PF-5618-son farmoni ijrosi yuzasidan samarali ishlar amada qo'llanilyapti. 

Buxoro viloyat yuridik texnikumi o'quvchilaridan iborat " Street Law" volontyorlik jamoasi tomonidan Kogon shahridagi 1-umumiy o'rta ta'lim maktabining 10 "B" sinf o'quvchilari uchun "Voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar va ular uchun javobgarlik" mavzusida interaktiv usulda dars mashg'ulotlari tashkil etildi. 

Ushbu dars jarayonlari voyaga yetmagan bolalarga jiddiy taassurot qoldirib, ularning huquqbuzarliklarga nisbatan nafrat tuyg'usini shakllantirishiga xizmat qiladi.