Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

2021 yilning aprel oyi uchun eng yaxshi xodim e`lon qilindi


2021 yilning aprel oyi uchun eng yaxshi xodim e`lon qilindi

     Huquqiy targ'ibot va ma`rifat bo'limi boshlig'i Nishonov Bekzod Shuxratovich boshqarma tomonidan 2021 yilning aprel oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

     B.Nishonov o'z mehnat faoliyatini 2015 yil Buxoro viloyat adliya boshqarmasida ish yurituvchisi vazifasida boshlab, turli lavozimlarda faoliyat yuritib, 2019 yil oktyabr oyidan boshqarmaning Huquqiy targ'ibot va ma`rifat bo'limi boshlig'i lavozimida ishlab kelmoqda.

    U bo'lim faoliyati yo'nalishidan kelib chiqib jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga, huquqiy bilimlarni aholi o'rtasida keng targ'ib qilish, qonun hujjatlarini tarqatish va huquqiy targ'ibot ahvolini tahlil qilish kabi ishlarda o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

    Boshqarma jamoasi Bekzod Shuxratovichni mazkur e'tirof bilan tabriklaydi. Uning kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g'ayrat va shijoat doimiy hamroh bo'lishini tilaydi.