Янгиликлар
"Uch avlod uchrashuvi" ma`naviy-ma`rifiy tadbiri bo'lib o'tdi
Ko'pmillatli O'zbekiston xalqi butun taraqqiyparvar insoniyat qatori 1941 — 1945 yillarda Ikkinchi jahon urushida faol ishtirok etib, fashizm ustidan qozonilgan buyuk g'alabani ta`minlashga munosib hissa qo'shdi.
El-yurtimizning urush yillarida ko'rsatgan mardlik va qahramonligi biz uchun ulkan jasorat maktabi, g'urur-iftihor manbai bo'lib, vaqt o'tgani sayin bu o'lmas qadriyatlarning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Shuning uchun har yili 9 may — G'alaba bayrami mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirilib, fashizmga qarshi janglarda, mehnat frontida jonbozlik ko'rsatgan faxriylarimizga alohida e'tibor va ehtirom ko'rsatish yurtimizda olijanob an`anaga aylanib ulgurdi.
Ana shunday ezgu ishlarni izchil davom ettirish, viloyatda buyuk sana — g'alabaning 76 yillik bayramini yuksak darajada o'tkazish, yosh avlodimizni ota-bobolarimiz jasoratiga munosib bo'lgan, bugungi tinch, osoyishta hayotni asrab-avaylash va yanada mustahkamlashga qodir, vataparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida joriy yilning 6 may kuni Buxoro garnizoniga qarashli 28803-harbiy qismda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Uch avlod uchrashuvi" ma`naviy-ma`rifiy tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi va Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmasi hamkorlikda harbiy qism xizmatchilari va ularning oila a`zolari uchun sayyor qabul o'tkazilib, sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Qabul davomida adliya xodimlari tomonidan ishtirokchilarga harbiylar va ularning oila a`zolariga qonunchlikdagi yangiliklar xususan, qonunchilikda ularga berilgan imtiyozlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek tadbirda tashkilotchilar tomonidan harbiy xizmatchlar va tashrif buyurgan o'quvchi yoshlar uchun turli sahna ko'rinishlari, ko'rgazmali chiqishlar va namunaviy mashg'ulot jarayonlari hamda harbiy texnikalar, qurol-aslahalar ko'rgazmalari tashkil tashkil etilib, faol ishtirok etgan harbiy xizmatchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
BEKZOD NISHONOV,
Huquqiy targ'ibot va ma`rifat bo'limi boshlig'i