Янгиликлар
Adliya - deputatga ko'makdosh
Jamiyatda konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta`minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholi va ijrochilarga tushuntirish maqsadida joriy yilning 7 may kuni Jondor tuman hokimligi majlislar zalida viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan “Adliya - deputatga ko'makdosh” shiori ostida xalq deputatlarining tuman Kengashi deputatlari hamda tegishli hududiy partiya kengashi vakillari uchun o'quv-seminari o'tkazildi.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi xodimlari so'zga chiqib, ishtirokchilarga mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlash yo'lidagi keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirishda deputat huquqi, majburiyati va maqomi, davlat va jamiyat qurilishida siyosiy partiyalarning roli, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish va tizimlashtirish tartibi va boshqa sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida ma`ruzalar qildilar.
Shuningdek, kun tartibi bo'yicha Jondor tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan ishtirokchilarga qonunchilikdagi yangiliklar, xususan, saylov qonunchiligidagi o'zgarishlar tog'risida qisqacha ma`lumotlar berib o'tildi.
Ma`ruza davomida ishtirokchilar deputatlik so'rovlarini rasmiylashtirish, ularning muddatlari, bu borada davlat organlari va tashkilotlarining rahbar xodimlarini mas`uliyati oshirish hamda boshqa bir qator deputat faoliyati bilan bog'liq masalalar yuzasidan o'zaro fikr almashib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar olishdi.
Jahongir Ashurov,
Huquqqiy targ'ibot va ma`rifat bo'limi
yetakchi maslahatchisi