Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Inson - aziz, xotira - muqaddas


9 may – Xotira va qadrlash kuni bu yil mamlakatimiz bo'ylab o'zgacha ruhda nishonlanmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 20 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag'batlantirish to'g'risida”gi farmoni hamda “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini ta`minlash maqsadi Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan qator tadbir amalga oshirildi.

Xususan, joylarda boshqarma tizimidagi tuman va shahar adliya bo'limlari xodimlari tomonidan urush faxriylari, guruh nogironlari, yakka yolg'iz pensionerlar, kam ta`minlanganlar va boshqa ijtimoiy ko'makka muhtoj aholi vakillari uchun "Biz birgamiz" ijtimoiy loyiha doirasida sayyor huquqiy masalahatlar tadbirlari o'tkazilib, ularni xolidan xabar olish maqsadida yashash uylariga tashrif buyurilmoqda.

Jumladan, Shofirkon tuman “Bog'iafzal” MFY “So'fiyon” qishlog'ida yashovchi mehnat faxriysi, front ortida xizmat qilgan 101 yoshli onaxon Fozilova Salimaning yashash uyiga borilib, uning ehtiyoji o'rganilib, onahonga va unga qarovchi o'g'liga sihatgohga yo'llanma berilishi ta'minlandi.

Shuningdek, Shofirkon tuman “Oybek” ko'chasida yashovchi mehnat faxriysi, birinchi guruh nogironi Rajabov Samandar Komilovichning yashash uyiga borilib, uning ehtiyoji o'rganilib, nogironlik aravachasi berilishi ta'minlandi.

Romitan tumanidagi Bobur mahalla fuqarolar yig'ini Nurafshon ko'chasida yashovchi 1-guruh nogironi nafaqaxo'r, mehnat faxriysi Marufova Mubashira Islomovnaga nogironlik aravachasi va oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berildi.

Shuningdek, Romitan tumandagi "Guliston" MFY Xayrobod ko'chasi 41-uyda yashovchi yolg'iz yashovchi keksa pensionerlar Saitov Azat Shodmonovich va mehnat faxriysi Gulatova Lena Idrisovnalarga ham kun munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari etkazildi.

Bundan tashqari, Romitan tuman adliya bo'limi xodimlari yana bir qator xonadon vakillariga 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xabar olinib, loyiha doirasida Ikkinchi jahon urushida halok bo'lganlar xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib, Vatanimizning obro-e`tiborini yuksaltirishga yoshlarni ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo'shayotgan faxriylarni e`zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g'alabaning 76 yilligi munosobati bilan davlatimiz rahbarining urush qatnashchilariga bildirgan tabrigi o'qib eshittirildi.

Bundan tashqari, Buhoro shahar adliya bo'limi xodimlari tomonidan Otbozor MFYdagi "Kaltarobod" aholi punktida yashovchi Ulug' Vatan urushi Front orti ishchisi Oltieva Bibigul xonadoniga tashrif buyurilib, hol-ahvolidan xabar olindi. Onahon shafqatsiz urush yillarida kolxozda mashaqqat bilan mehnat qilib, og'ir kunlarni boshidan kechirgan bo'lib, halol mehnati blan 10 nafar farzandni tarbiyalab, hozirda nevara va chevaralarining ardog'ida yashab kelmoqda. Tashrifdan xursand bo'lgan keksa onahon qo'llarini duoga ochib, el-yurt ravnaqi haqqiga duo qildilar.

Uchrashuvlar davomida xonadon egalari urush davrlarini xotirlar ekan, tinchlikning naqadar bebaho ne`mat ekanligini, har bir fuqaro uni ko'z qorachig'idek asrab-avaylab, qadriga etishi lozimligini ta`kidlab o'tishdi.

Darhaqiqat, vatan tinchligi, yurt farovonligi yo'lida kurashgan ota-bobolarimizni yod etish, ularning xolidan xabar olish xayrli ishlardan biridir.

BEKZOD NIShONOV,
Huquqiy targ'ibot va ma`rifat bo'limi boshlig'i