Янгиликлар
Buxoro tumanida Xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo'yicha seminar tashkil etildi
Ayol zoti tabiatning nozik xilqati, deb ta'rif berilishi bejiz emas. Haqiqatan xotin-qizlar e'tibor va himoyaga doim ehtiyoj sezadi. Ammo hayot doim bir tekisda davom etmaydi. Ayrim hollarda xotin-qizlar turli shafqatsizliklarga ham duch keladi. Albatta, bunday hollarda ularning huquqlari umumiy huquqiy mezonlarga muvofiq himoya qilib kelingan.
Joriy yilning 12 may kuni Buxoro tumanidagi Bolalar musiqa va san'at maktabida tuman hokimligi, tuman adliya bo‘limi va tuman ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda mahalla fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar ijtimoiy-ma'naviy masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Buxoro tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Abdullayeva, tuman adliya bo‘limi xodimi Sh.Nabiyev, tuman ichki ishlar bo‘limi xodimi D.Ashurova hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining oila, xotin-qizlar ijtimoiy-ma'naviy masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.
Mutasaddilar seminar ishtirokchilariga ushbu Qarorning mazmun mohiyati uning ahamiyati hamda ijrosi yuzasidan kelib chiqadigan vazifalarni batafsil tushuntirdilar. Seminar so‘ngida ishtirokchilar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.
Shuxrat Nabiyev,
Buxoro tuman adliya bo‘limi
yetakchi maslahatchis