Янгиликлар
12
Adliya aralashgach, murojaat ijobiy hal boʻldi
Bugungi kunda barcha davlat idoralari va tashkilotlari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, oz bo'lsada o'z samarasini bermoqda.
Jumladan, fuqaro Q.Qilichov va Z.Elmurodovlar “Oilaviy tadbirkorlik” faoliyati bilan shugʻullanish maqsadida "Lochin" rusumli mototsikil xarid qilish uchun imtiyozli 14% lik kredit ajratishni soʻrab “Agrobank” ATB Qorakoʻl tuman filialiga qilgan murojaat qilgan. Biroq murojaatlari ijobiy hal boʻlmagach Qorako'l tuman adliya bo'limiga masalani hal qilib berishda amaliy yordam soʻragan.
Murojaatlar nazoratga olinib, adliya aralashgach ATB Agrobank Qorakoʻl tuman filiali “Oilaviy tadbirkorlik” faoliyati bilan shugʻullanish maqsadida mototransport vositasi xarid qilish uchun kredit ajratish haqidagi E.Elmurodovning murojaati yuzasidan ATB Agrobank Qorakoʻl tuman filiali tomonidan 2021 yil 30 aprel kuni 32 150 000 soʻm pul mablagʻlari “BUXORO REAL MOTO” MCHJ bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan “Lochin” rusumli mototransport vositasini sotib olish uchun koʻchirib berildi.
Bundan tashqari, Q.Qilichovning murojaati yuzasidan ATB Agrobank Qorakoʻl tuman filiali tomonidan 2021 yil 30 aprel kuni 30 100 000 soʻm pul mablagʻlari “BUXORO REAL MOTO” MCHJ bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan “Lochin” rusumli mototransport vositasini sotib olish uchun koʻchirib berilib murojaatlar ijobiy hal qilindi.
Vohid Hazratqulov,
Qorakoʻl tuman adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi