Янгиликлар
Buxoro shahrida sayyor qabul o'tkazildi
Joriy yilning 17-may kuni Buxoro shahar adliya bo'limi boshlig'i Abdurahimxo'ja Bafoev tomonidan shahardagi "Jalol Ikromiy" MFY hududida mahalliy aholi uchun sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabulda fuqarolar o‘z muammolari yuzasidan murojaat etishib, kredit olish, moddiy yordam ajratish tartibi, ichki yo‘llarni ta'mirlash bilan bog‘liq masalalar boyicha tegishli huquqiy maslahatlar olishdi.
Murojaatlarning 2 tasi vaqt va mablag‘ talab qilishi inobatga olinib, tegishli tartibda ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, qabul davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son Qonuni, Prezidentning 2021 yil 5 martdagi "Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta`minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5020-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan hamda missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlari haqida ma`ruza qilindi.
Maxbuba Mahkamova
Buxoro shahar adliya bo‘limi
yetakchi maslahatchisi