Янгиликлар
11
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘rovonlikdan himoya qilish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘rovonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son Qonunning mazmun-mohiyati, ahamiyati va uni qo‘llash amaliyotini keng aholi orasida targ'ib qilish maqsadida joriy yilning 11-may kuni tumandagi Musiqa-san`at maktabi binosida mahalliy aholi uchun tuman adliya bo‘limi, tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, tuman tibbiyot birlashmasi hamda tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Tadbirda mas`ullar Qonunning mazmun-mohiyati, tazyiq va zo‘rovonlikka uchragan xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, zo‘rovonlikdan jabrlanganlarga tibbiy va ruxiy yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha ma'ruzalar qildilar. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tegishli javoblar berildi.