Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

“Yoshlar va qonun” respublika tanlovining Shofirkon tuman bosqichi bo’lib o’tdi


Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, qonun ustuvorligini ta’minlash, shuningdek, ta’lim muassasalari o‘quvchilarining huquqiy bilimi, ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, shuningdek, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, qonun buzilishi va korrupsiya holatlariga murosasizlik hissini uyg‘otish maqsadida joylarda “Yoshlar va qonun” huquqiy tanlovi tashkil etib kelinmoqda.

Tanlovning hududiy saralash bosqichlarida tumanda mavjud 56 ta umumta’lim maktablarining 56 ta jamoalari o‘zaro bellashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 11 ta jamoa Shofirkon tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

Bugun tuman hokimi o`rinbosari S.Hamroyev boshchiligida tumandagi 9-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar ishlari agentligi Shofirkon tuman bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, tuman Adliya bo‘limi, tuman Xalq ta’limi bo‘limlari bilan hamkorlikda tanlov nizomi talabida ko'rsatilgan 4 ta - "Sud majlislari modeli"? "Huquqiy islohotlar bosqichi", "Yoshlarga oid qonunchilik - yoshlar nigohida" va "Huquqingni angla" deb nomlangan shartlar asosida o‘tkazildi.

Shartlar yakuniga ko‘ra,  1-o‘rinni 47-son umumta’lim maktabining “Xumo” jamoasi, 2-o‘rinni 18-son umumta’lim maktabining “Adolat posbonlari” jamoasi, 3-o‘rinni 11-son umumta’lim maktabining “Bunyodkorlar” jamoasi qo‘lga kiritdi.

Tanlov g‘olibligi nasib etgan “Xumo” jamoasi tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Tanlov g’oliblari diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.