Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Qorakoʼlda yoshlar uchun targʼibot tadbiri boʼlib oʼtdi


   Yurtimizda mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlarni ish bilan taʼminlash har doimgidan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, Qorakoʼl tumanida ham yoshlar va xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, ularning barcha jabhalarda oʼzlarining iqtidor va salohiyatlarini toʼlaqonli namoyish etishiga keng imkoniyatlar berilmoqda.

Аyniqsa, “Yoshlar daftari” va “Аyollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan tizimli chora-tadbirlar belgilangan boʼlib, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qoʼllab-quvvatlash, kasb-hunarga oʼrgatish va bandligini taʼminlash ishlari samarali tashkil etilmoqda.

Xususan, joriy yilning 25 may kuni Qorako‘l tumanidagi Yoshlar madaniyat va istirohat bog‘ida tashkil qilingan madaniy-ma`rifiy tadbirda tuman adliya bo`limi va "Madad" NNTning hududiy byurosi xodimlari ishtirok etib, tashrif buyurgan aholi, xususan yoshlarga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi “Moddiy yordam va koʼmakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 250 – sonli qarori mazmun-mohiyati tushuntirib berildi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yigit-qizlarga tadbirkorlik yoki oʼzini oʼzi band qilish faoliyatini boshlashi uchun asbob-uskuna yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha (9 million 800 ming soʼm) miqdorida hududiy Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq subsidiya ajratilishi belgilandi.

Qorakoʼl tuman adliya boʼlimi