Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Kitob ilm beshigi, baxtli hayot uchun qanotdir !


  

Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng oʼrganish va targʼib qilish maqsadida yoshlar oʼrtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish toʼgʼrisidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq “Yosh kitobxon” tanlovi endilikda Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan nizom asosida davomli ravishda oʼtkaziladi.

Buxoro viloyati yuridik texnikumida ham navbatdagi “Yosh kitobxon” tanlovi adliya xodimlari va hamkor tashkilotlar hay`atligida oʼtkazildi.

Koʼrik-tanlov shartlari boʼyicha texnikumning iqtidorli-kitobsevar oʼquvchilari toʼrt shart boʼyicha bellashdilar.

Tashkil etilgan ushbu tanlovdan buyuk ajdodlarimizning nodir merosi, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur oʼrganish va targʼib etish, yoshlarimizni oʼzlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular oʼrtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish koʼzlangan.