Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Inson huquqlari oliy qadriyat


 

 Joriy yilning 21-may kuni Buxoro shahar adliya bo‘limi boshlig‘i A.Bafaev va "Sayfidin Boxarziy" jome' masjdi imom xatibi R.Kamolov bilan hamkorlikda Buxoro xalqaro aeroportida xavfsizlikni ta`minlash bo‘yicha alohida batal`onida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.

  Tadbirda 7258-sonli harbiy qism serjantlari ishtirok etishib, ularga "Inson huquqlari oliy qadriyat", "Korrupsiya - taraqqiyotga tahdid", "Qonunchlikda harbiy xizmatchilarga berilgan imtiyozlar" va "Diniy ekstremizm va uning salbiy oqibatlari" mavzularida suhbat yuritilib, berilgan savollarga joyida tushuntirishlar berilishi ta`minlandi.