Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

“Yoshlar va qonun” respublika tanlovining Jondor tuman bosqichi bo’lib o’tdi


Yoshlar ishlari agentligi Jondor tuman boʼlimi, Tuman Аdliya boʼlimi, Jinoyat ishlari boʼyicha Jondor tuman sudi, tuman Xalk talimi bo'limi va Yoshlar ittifoqi Jondor tuman Kengashi bilan hamkorlikda joriy yilning 19 may kuni tumandagi 1 son umumtaʼlim maktabida "Yoshlar va qonun" tanlovining tuman bosqichi oʼtkazildi.

Tanlovda saralash bosqichida gʼoliblikni qoʼlga kiritgan 5 ta umumtaʼlim maktab jamoalari qatnashishdi. Jamoalar 4 ta shart boʼyicha bellashishdi. Qizgʼin baxs munozalardan soʼng 1-oʼrinni 33 umumaʼlim maktabining "Huqushunoslar" 2 oʼrinni 30 umumtaʼlim maktabining "Аdolat" 3 oʼrinni 47 umumtaʼlim maktabining "Kelajak bunyodkorlari" jamoasi qoʼlga kiritdi. Gʼolib boʼlgan jamoalar Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan diplom va estalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.