Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Navbatdagi sayyor qabul Qorovulbozor tumanida o'tkazildi


Аholining muammolarini joyida hal etish hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy bilimlarni aholi oʼrtasida keng targʼib qilish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i T.Ochilov rahbarligida 2021 yil 26 may kuni Qorovulbozor tuman Navbahor MFY binosida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Ushbu bo'lib o'tgan sayyor qabulini viloyat adliya boshqarma boshligʼi T.Ochilov ochib berib, yurtimizda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar, tumanda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish, tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy bilimlarni aholi oʼrtasida keng targʼib qilishda adliya organlarining oʼrni toʼgʼrisida toʼxtalib oʼtdi.


Shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish, yoshlar va ayollarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik yordam berish, bilim va kasb oʼrganishga ishtiyoqi bor boʼlgan ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash maqsadida har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida “Yoshlar daftari” va “Аyollar daftari” toʼgʼrisida maʼlumot berildi.


Qabulda yangi qabul qilingan qonun hujjatlari hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subʼektlarini qoʼllab-quvvatlash boʼyicha navbatdagi chora-tadbirlar”gi PF-5996-son Farmonining mazmun mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan maʼruza qilindi. Shuningdek, tadbirkorlik qilish maqsadida yer ajratish, elektr taʼminoti, yoʼlni taʼmirlash, moddiy yordam, pensiya, mehnat va bandlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Uchrashuvda jami 30 ga yaqin fuqaro va tadbirkorlik subʼektlarining murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, qoʼshimcha 18 ta fuqaroning oʼrganish talab qiladigan murojaatlar koʼrib chiqish uchun qabul qilib olindi.

Tashkiliy-nazorat va tahlil ishlari bo'limi