Янгиликлар
Ijobiy psixologiya - samarali ish garovi
Joriy yilning 25-may kuni viloyat adliya boshqarmasida O‘zbekiston Psixologlar assotsiatsiyasi viloyat bo‘limi psixologi N.Baratova tomonidan tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot "Ijobiy psixologiya - samarali ish garovi" deb nomlandi.
Har bir davlat xizmatchisi xususan fuqaro murojaatlari bilan ishlaydigan xodimlari alohida psixologik ozuqaga muhtoj hisoblanadi. Shu maqsadda boshqarmaning barcha mas`ul xodimlari uchun mazkur tadbir tashkil etildi.
Mashg‘ulotning eng ahamiyatli jihati shundaki, unda barcha ishtirokchilar o‘zlarini ruhiy-psixologik holatlarini to‘liq nomoyon etish, yillar davomida qiynab kelayotgan shaxsiy muammolariga yechim topish maqsadida o‘z fikrlarini oq qog‘ozga yozish orqali bajarib, o'zaro muammolarga yechim masalasida fikr-mulohaza yuritdilar.
Darhaqiqat, bu kabi mashug‘lotlar avvalo xodimlarning sog‘lig‘iga, ruhiyatiga ijobiy ta`sir etibgina qolmay, ish samaradorligini yaxshilashga ham undaydi.