Янгиликлар
,,YOSHLAR VA QONUN'' KO'RIK-TANLOVINING TUMAN BOSQICHI PESHKO' TUMANIDA
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Peshkoʻ tuman Kengashi , Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi va tuman Adliya bo'limi hamkorligida joriy yilning 18- may kuni tumandagi
,, Zandani” hududidagi 1-sonli kasb-hunar maktabida “Yoshlar va Qonun”
koʻrik - tanlovining mintaqaviy bosqichi boʻlib oʻtdi. ,, Zandani” hududidagi 1-sonli kasb-hunar maktabida “Yoshlar va Qonun” koʻrik - tanlovining mintaqaviy bosqichida 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ,,Qonun himoyachilari'', 32-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ,, Yosh advakatlar'', 43-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ,,Yustitsiya'' va 44 -umumiy oʻrta taʼlim maktabining ,,Yosh huquqshunoslar'' jamoalari qatnashdi.Ushbu koʻrik - tanlovda tuman Kengashi raisi M.Safarova va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi boshlig'i I.Hamroyevlar soʻzga chiqib, ushbu tanlov jamiyatda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy maʼnaviyatini yuksaltirib borish, qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlash shuningdek, yuksaltirish ularni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruxida tarbiyalash, yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, hamda, milliy huquq tizimiga hurmat munosabatini shakllantirish, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish qonun buzilish holatlariga murosasizlik hissini uygʻotish maqsadida oʻtkazilishini gapirib oʻtdilar. Ushbu koʻrik -tanlovda umumtaʼlim maktablaridan 175 nafar boʻlgan oʻquvchi yoshlar ishtirok etdilar. Koʻrik - tanlov nizomida belgilangan ” Sud majlislari modeli'', ,,Huquqiy islohotlar bosqichi'', ,,Yoshlarga oid qonunchilik-yoshlar nigohida'', ,,Huquqingni angla!'' kabi shartlar asosida bellashdi.