Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

“Yoshlar va qonun” respublika tanlovining Qorovulbozor tuman bosqichi bo’lib o’tdi.



       Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, qonun ustivorligini ta’minlash, shuningdek, ta’lim muassasalari o‘quvchilarining huquqiy bilimlari, ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, shuningdek, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillariga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, qonun buzilishi va korrupsiya holatlariga murosasizlik hissini uyg‘otish maqsadida “Yoshlar va qonun” huquqiy tanlovi tashkil etib kelinmoqda.

“Yoshlar va qonun” huquqiy  tanlovining hududiy saralash bosqichlarida Qorovulbozor tumanida mavjud 8 ta umumta’lim maktablarining 32 ta jamoalari o‘zaro bellashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 5 ta jamoa Qorovulbozor tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Tanlovning tuman bosqichi yoshlar ishlari agentligi Qorovulbozor tuman bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, tuman adliya bo‘limi, tuman xalq ta’limi bo‘limlari bilan hamkorlikda joriy yilning 20 may kuni tuman madaniyat markazida ''Yoshlar va Qonun" tanlovi nizomi talablari asosida 4 ta shart bo'yicha o‘tkazildi. Shartlar yakuniga ko‘ra,

- 1-o‘rinni 5-son umumta’lim maktabining “Femida” jamoasi

- 2-o‘rinni 3-son umumta’lim maktabining “Adolat mash'ali” jamoasi

-3-o‘rinni 2-son umumta’lim maktabining “Quyoshcha” jamoasi qo‘lga kiritdi.

Tanlov g‘olibligi nasib etgan “Femida” jamoasi tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

      Tanlov yakuniga ko'ra g'olib bo'lgan jamoalar Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.