Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

“Yoshlar va qonun” huquqiy tanlovining Kogon shahar bosqichi bo`lib o`tdi


Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, qonun ustivorligini ta’minlash, shuningdek, ta’lim muassasalari o‘quvchilarining huquqiy bilimlari, ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, shuningdek, yoshlarning huquqiy tarbiyasig asalbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillariga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, qonun buzilishi va korrupsiya xolatlariga murosasizlik hissini uyg‘otish maqsadida “Yoshlar va qonun” huquqiy tanlovi tashkil etib kelinmoqda.


Tanlovning hududiy saralash bosqichlarida shaharda mavjud 11 ta umumta’lim maktablarining 10 ta jamoalari o‘zaro bellashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1 ta jamoa viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.


Tanlovning shahar bosqichi joriy yilning 21-may kuni Kogon shahr 6-umumta`lim maktabi faollar zalida  4 ta shart asosida o‘tkazildi.



Shartlar yakuniga ko‘ra,

-  1 - o‘rinni 6 - son umumta`lim maktabining “Adolat elchilari” jamoasi

-  2 - o‘rinni 8 - son umumta`lim maktabining “Huquq posponlari” jamoasi

-  3 - o‘rinni 7 - son umumta`lim maktabining “Qonun qalqonlari” jamoasi qo‘lga kiritdi.

Tanlov g‘olibligini qo‘lga kiritgan “Adolat elchilari” jamoasi tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Tanlov g’oliblari Yoshlar ishlari agentligi shahar bo’limi, Yoshlar ittifoqi shahar Kengashi tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.