Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

«Psixiatriya yordami toʼgʼrisida»gi Qonun yangi tahrirda


    Psixiatriya yordamining barcha yoʼnalishlari boʼyicha normativ-huquqiy bazaning takomillashtirilishiga, shu jumladan, ixtiyoriy, gʼayriixtiyoriy va majburiy psixiatriya yordami koʼrsatishga, sohada manfaatdor vazirlik va idoralarning hamkorligini taʼminlashga imkoniyat yaratish maqsadida «Psixiatriya yordami toʼgʼrisida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilinib, qonunda «maʼlumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish», «psixiatriya yordami», «ruhiy holatning buzilishi» kabi bir qator asosiy tushunchalar kiritildi.

Ushbu qonunni alohida ta'kidalash kerak boʼlgan jihati ushbu qonun asnosida ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlari yanada kengaytirilganligida boʼldi.

Xususan, ular oʼzida mavjud boʼlgan ruhiy holati buzilishining xususiyati va qoʼllanilayotgan davolash usullari haqidagi axborotni oʼzi uchun tushunarli shaklda, oʼz vaqtida hamda toʼliq olish, shuningdek statsionar sharoitlarda psixiatriya yordami koʼrsatadigan tibbiyot muassasasida faqat psixiatriya yordami koʼrsatish uchun zarur boʼlgan muddat mobaynida boʼlish huquqiga ega ekanligi belgilandi.

Qonunga asosan, psixiatriya tekshiruvidan oʼtkazish tekshirilayotgan shaxsda ruhiy holati buzilishining mavjudligini, psixiatriya yordami koʼrsatishga boʼlgan zaruriyatni aniqlash, shuningdek bunday yordam turi haqidagi masalani hal qilish uchun amalga oshiriladi.

Shuningdek, ushbu qonun asosida psixiatriya yordami koʼrsatish boʼyicha faoliyat bilan shugʼullanish huquqiga ega shaxslar doirasi aniq belgilab qoʼyildi. Unga koʼra, maxsus oliy tibbiy maʼlumotga ega tibbiyot xodimlari (shifokor-psixiatr, tibbiy psixolog va psixoterapevt) psixiatriya yordami koʼrsatish boʼyicha shifokorlik faoliyati bilan shugʼullanish huquqiga ega.

Qonun bilan dispanser kuzatuvida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning yagona elektron reestri yuritilishi belgilandi. Ushbu elektron reestrga faqat Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan aniqlangan shaxslarga va unda saqlangan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlagan holda kirish ruxsat etiladi.

Maxsus oliy tibbiy maʼlumotga ega tibbiyot xodimlari (shifokor-psixiatr, tibbiy psixolog va psixoterapevt) psixiatriya yordami koʼrsatish boʼyicha shifokorlik faoliyati bilan shugʼullanish huquqiga ega.

Jahongir Ashurov,

Huquqiy targ‘ibot va ma`rifat bo‘limi

yetakchi maslahatchisi