Янгиликлар
10
Vatan taqdiri – mening taqdirimda
Texnikumining “ Street Law” va “Аdolat qanotlari” klubi a'zolaridan iborat volontyorlar kichik guruhi tomonidan navbatdagi huquqiy targʼibot tadbiri Buxoroning Eski shahar hududida “Yoshlar huquqlarining kafolatlari va ularga berilayotgan imtiyozlar” mavzusida olib borildi.
Tadbir davomida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlari, yoshlar huquqlarini himoya qilish, yoshlarga berilayotgan imtiyozlar, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish hamda yoshlarni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash mavzulariga toʼxtalib oʼtildi.