Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

“Zoʼrlik ishlatilishidan jabr koʼrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Qaror imzolandi


    Joriy yilning 19-may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zoʼrlik ishlatishdan jabr koʼrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ–5116-sonli Qarori imzolandi.

Qarorga koʼra zoʼrlik ishlatishdan jabr koʼrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʼz joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi tugatilib, Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi huzurida Аyollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi va uning hududiy boʼlimlari tashkil etildi.

Shuningdek, respublika markazi va hududiy markazlar davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanib, unga mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vaziri tavsiyasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan direktor rahbarlik qilishi belgilab qoʼyildi.

Bundan tashqari, qaror bilan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʼyicha respublika, hududiy va tumanlararo 29 ta namunali markazlar (markazlar) tashkil etildi.

Markazlarning asosiy vazifalaridan biri tazyiq va zoʼravonlikdan jabr koʼrgan, oʼz joniga suiqasd qilgan yoki oʼz joniga qasd qilishga moyilligi boʼlgan xotin-qizlarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam koʼrsatish hisoblanadi.

Ushbu qarorga asosan markazlarga quyidagilar joylashtiriladi:

zoʼravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari;

oʼz joniga suiqasd qilgan yoki oʼz joniga qasd qilishga moyilligi boʼlgan xotin-qizlar.

Shuni ham taьkidlab oʼtish lozimki, 2021 yil 1 iyundan:

*himoya orderi nusxasini olgan, yaʼni tazyiq oʼtkazgan va (yoki) zoʼravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʼlgan shaxslar profilaktik hisobga olinadi;

*markazlarga murojaat qilgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining yoʼqotilgan biometrik pasportlarini (identifikatsiya ID-kartalarini) tiklab berish choralari koʼriladi.

Shuningdek, tazyiq va zoʼravonlikdan jabr koʼrgan xotin-qizlarga ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam koʼrsatish, maslahat berish va axborot taqdim etish uchun moʼljallangan, 24 soat uzluksiz ishlaydigan “ishonch telefoni” (respublika doirasida yagona qisqa raqam) yoʼlga qoʼyiladi.

Jahongir Ashurov,

Huquqiy targ‘ibot va ma`rifat bo‘limi

yetakchi maslahatchisi