Янгиликлар
Yoshlar huquqlarining kafolatlari va ularga berilayotgan imtiyozlar
Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida joriy yilning 4-iyun kuni tuman hokimligi, tuman adliya boʻlimi, tuman prokuraturasi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi,Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi xamkorlikda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Vatan taqdiri - mening taqdirimda” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.
Seminar trening 6 ta modul “Konstitutsiyani bilasizmi”, “Yoshlar huquqlarining kafolatlari va ularga berilayotgan imtiyozlar”, “Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi”, “Prezident saylovi-siyosiy jarayon”, “Munozara” hamda “Maʼnaviy-maʼrifiy tadbir” asosida oʻtkazildi.
Seminar davomida tarqatma materiallar tarqatildi va yoshlar bandligini taʼminlash, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va isteʼdodini namoyon etishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida alohida toʻxtalib oʻtildi.
Seminar-treningda 350 nafar yoshlar ishtirok etdi.