Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Yoshlar huquqlarining kafolatlari va ularga berilayotgan imtiyozlar



 Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida joriy yilning 29-iyun kuni "Yosh paxtakor" yozgi bolalar oromgohida tuman hokimligi, tuman adliya boʻlimi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi xamkorlikda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Vatan taqdiri - mening taqdirimda” shiori ostida yosh kitobxon bolalar bilan uchrashuv tashkil qilindi. 

   Uchrashuvda dastlab tuman adliya bo'limi xodimi Shuxrat Nabiyev tomonidan ishtirokchilarga “Konstitutsiyani bilasizmi”, “Yoshlar huquqlarining kafolatlari va ularga berilayotgan imtiyozlar”, “Prezident saylovi-siyosiy jarayon” mavzularida ma`ruza qilinib, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va isteʼdodini namoyon etishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida alohida batafsil toʻxtalib oʻtildi. 

   Shuningdek tadbir davomida o'quvchilar orasida namuna ko‘rsatib kelayotgan kitobxon bolalarga faxriy yorliq va turli esdalik sovg‘alari topshirildi.