Янгиликлар
Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnoma olish tartibidan xabardormisiz?
Xizmat: muqaddam sudlanganlik, jinoiy javobgarlikka tortilganlik, reabilitatsiya qilinmaydigan asoslarga ko‘ra javobgarlikdan ozod etilganlik holatiga oid ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati.
Xizmatdan foydalanuvchilar:
O‘zbekiston hududidagi jismoniy shaxslar (fuqarolar)
Xizmatni ko‘rsatish tartibi:
1. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etadi yoki xizmatdan elektron shaklda foydalanish uchun YAIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi hamda so‘rovnoma to‘ldiradi.
2. So‘rovnoma to‘ldirilgach, ariza beruvchi ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshirib, uni o‘z elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi va vakolatli organga elektron tarzda yuboradi.
3. Vakolatli organ so‘rovnoma kelib tushgan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida QR-kod qo‘yilgan ma’lumotnomanirasmiylashtiradi hamda uni tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki arizachiga YAIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.
Xizmatni ko‘rsatish muddati:
2 ish kuni
Ma’lumotnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi aniqlangan taqdirda, 15 kun ichida ariza beruvchi yig‘im to‘lamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Xizmat narxi:
BHMning 3 foizi miqdorida – 7 350 so‘m;
Yagona portal orqali topshirilganda miqdori – 6 615 so‘m.
Huquqiy asos: (https://lex.uz/docs/3930387) Hukumat qarori (797-son, 04.10.2018 y.)
Huquqiy targ‘ibot va ma`rifat bo‘limi