Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Adliya - fermerga madadkor!


 Barchamizga ma’lumki, Adliya vazirligi tashabbusi bilan barcha hududlarda “Fermerga madad” huquqiy aksiyasi doirasida hududiy adliya organlari tomonidan fermer xo‘jaliklari mas’ul xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Binobarin, Romitan tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan aksiya doirasida tasdiqlangan reja-grafik asosida joylarda fermerlar va mas’ul xodimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.



Xususan, tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman hokimligida tuman irrigatsiya bo‘limi, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xodimlari uchun targ‘ibot tadbiri tashkillashtirilib, unda adliya bo‘limi boshlig‘i Shuxrat Qodirov aksiyadan ko‘zlangan maqsad, fermerlarga milliy qonunchiligimizda berilgan imtiyozlar, huquq hamda majburiyatlari to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berib o‘tdi.

Shuningdek, tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Romitan tuman “Bog‘cha” mahalla fuqarolar yig‘ini Bog‘cha qishlog‘ida faoliyat yuritayotgan “Sa’dullobobo” fermer xo‘jaligi, “Usmon Hojibobo” fermer xo‘jaligi mas’ullari bilan uchrashib, ularning muammo va takliflari atroflicha o‘rganildi.

Uchrashuv davomida fermer xo‘jaligi mas’ullariga ko‘rgazmali targ‘ibot materiallari orqali ularning huquq va majburiyatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.

O‘z o‘rnida ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, bu kabi tadbirlar barcha tuman va shaharlarimizda davom etmoqda, hurmatli fuqarolarimiz aksiyada chetda turmay, bugungi kunda qishloq xo‘jaligining drayveri bo‘lmish fermer xo‘jaligi sohasini rivojlantirish uchun o‘z muammo va takliflarini ma’lum qilib, aksiyada faol bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.

Maqsud Hamdamov,
Romitan tuman adliya bo‘limi
yetakchi maslahatchisi