Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Adliya boshqarmasining 2021-yil 1- yarim yillik faoliyati tahlil etildi


Joriy yilning 2 avgust kuni Buxoro viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay`at majlisi bo'lib o'tdi. Unda 2021-yilning 1-yarim yilligi davomida boshqarma markaziy apparati tarkibiy bo'linmalari va tizimdagi tuman (shahar) adliya bo'limlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yo'l qo'yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Hay`at majlisi boshqarmaning majlislar zalida, boshqarma va uning tizimida faoliyat yuritayotgan adliya xodimlari ishtirokida o'tkazildi.

Yig'ilishda boshqarma boshlig'ining o'rinbosari Shuxrat Toyirov so'zga chiqib, Adliya vazirligining joriy yil 24 iyul kunidagi kengaytirilgan hay`at majlisidagi masalalar muhomasi, adliya organlari va muassasalari tomonidan aholining murojaatlari bilan ishlash borasida yo'l qo'yilayotgan tizimli kamchiliklar va boshqarma va tizimdagi tuman (shahar) adliya bo'limlari tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligi mobaynida amalga oshirilgan ishlar xususida to'xtalib o'tdi.

Qayd etildiki, 2021-yilning 1-yarim yilligi davomida jami 1660 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, mazkur murojaatlarning 1480 tasi hal etilgan, shundan 823 ta murojaat yoki 56 foizi qanoatlantirilgan. 657 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan va 124 ta murojaat tegishligiga ko‘ra boshqa idora va tashkilotlarga yuborilgan.

Oʼtkazilgan oʼrganishlar davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 431 ta taqdimnoma maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan 96 ta taklif va 1372 ta ogohnoma kiritilgan bo‘lib, ularga asosan 161 nafar shaxs intizomiy va 90 nafar shaxslar esa maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

Fuqarolar manfaatini koʼzlab, ularning buzilgan qonuniy huquq va manfaatlarini tiklash, moddiy va maʼnaviy zararlarni undirish toʼgʼrisida sudlarga jami 7 mlrd. 005 mln. 917 ming 697 soʼmlik jami 163 ta daʼvo arizalari kiritilgan.

Normativ-huquqiy hujjatlarni ekspertizadan o'tkazish va qonun hujjatlarini turkumlash faoliyati bo'yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jami 23 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, ularning 22 tasi qonunchilikka muvofiq deb topilgan, 1 tasi esa qonunchilikka nomuvofiqligi sababli rad etilgan.

Shunindek, hay`at yig'ilishi davomida aholining murojaatlari bilan ishlash borasida ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi, aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatishda ayrim tizimli muammolar mavjudligi, shuningdek aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, xalq ichiga kirib borish lozimligi, sohani takomillashtirish va aholiga qulayliklar yaratishdagi muammolarni hal etishda rahbarlarda shaxsiy tashabbus va talabchanlikning yetarli bo‘lmayotganligi aytib o‘tildi.

Hay'at majlisi yakunida Qorako'l va Vobkent tuman adliya bo'limlari tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligi mobaynida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalarga oid hisobotlar tinglandi.

Majlis yakunida faoliyatda ayrim kamchiliklarga yo'l qo'ygan mas`ul xodimlarning tushuntirish va izohlari eshitilib, amaliyotdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni yaxshilash yuzasidan aniq maqsadga yo'naltirilgan ishlarni yanada jonlantirish bo'yicha tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berib o'tildi.

TASHKILIY-NAZORAT VA TAHLIL ISHLARI BO'LIMI