Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi


    O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini jadal rivojlantirish, sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini shakllantirish maqsadida, “O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6256-sonli Prezident farmoni qabul qilindi.

Ushbu farmon bilan O‘zbekistonda sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi hamda konsepsiya bo‘yicha 2021–2023 yillarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Farmonga ko‘ra, Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilishi belgilanib, ushbu institut sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirib borishi belgilab qo‘yildi.

Farmonga asosan 2021 yil 1 sentyabrdan:

 davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq, sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish huquqi beriladi;

 iqtisodiy, fuqarolik va ma'muriy ish yuritishda advokatga sud-ekspertiza tashkilotlarida shartnoma asosida advokat so‘roviga ko‘ra ekspertiza o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishga ruxsat beriladi;

 nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarini har 3 yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkazish mexanizmi joriy qilinadi;

 2022 yil 1 martdan aholiga va vakolatli organlarga sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma'lumotlarni yetkazish va axborot hamkorligining barcha turlarini ta'minlash uchun mo‘ljallangan “E-ekspertiza” yagona elektron axborot tizimi ishga tushiriladi;

 Shuningdek, sohada kadrlarni tayyorlash OTMlarida dual ta'lim prinsipiga muvofiq, kamida 6 oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshirilishi mumkin

 Farmon bilan 2021–2025 yillarda joriy etiladigan ekspertiza va tadqiqot turlari ro‘yxati (16 ta) tasdiqlandi.

Jaxongir ASHUROV,
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi
yetakchi maslahatchisi