Янгиликлар
Adliya fermerga madadkor
Barchamizga ma’lumki, Adliya vazirligi tashabbusi bilan barcha hududlarda “Fermerga madad” huquqiy aksiyasi doirasida hududiy adliya organlari tomonidan fermer xo‘jaliklari mas’ul xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Binobarin, Romitan tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan aksiya doirasida tasdiqlangan reja-grafik asosida joylarda fermerlar va mas’ul xodimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 25-avgust kuni tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Romitan tuman “Bog‘cha” mahalla fuqarolar yig‘ini Bog‘cha qishlog‘ida faoliyat yuritayotgan “Sa’dullobobo” fermer xo‘jaligi, “Sherzod” fermer xo‘jaligi mas’ullari bilan uchrashib, ularning muammo va takliflari atroflicha o‘rganildi.
Uchrashuv davomida fermer xo‘jaligi mas’ullariga ko‘rgazmali targ‘ibot materiallari orqali ularning huquq va majburiyatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.
O‘z o‘rnida ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, bu kabi tadbirlar barcha tuman va shaharlarimizda davom etmoqda, hurmatli fuqarolarimiz aksiyada chetda turmay, bugungi kunda qishloq xo‘jaligining drayveri bo‘lmish fermer xo‘jaligi sohasini rivojlantirish uchun o‘z muammo va takliflarini ma’lum qilib, aksiyada faol bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.
Qodirov Shuxrat,
Romitan tuman adliya bo‘limi boshlig'i