Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

"Mustaqillik-huquq, imkoniyat va burch demakdir!"


Romitan tumanidagi 3-sektor hududiga qarashli mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag’ishlangan "Yangi Õzbekistonda erkin va farovon yashaylik" shiori ostida "Mustaqillik-huquq, imkoniyat va burch demakdir!" mavzusida davra suhbati òtkazildi.

Ushbu davra suhbatida tuman Adliya bòlimi rahbari SH.Qodirov, tuman hokimining Ma’naviy - ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo’yicha maslahatchisi     R. Safarova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Romitan tuman bo’linmasi raxbari J.Subxonov ishtirok etishdi.

Mustaqillik – insonning erkin va ozod ravishda, oʻz ixtiyori bilan boshqalarga boʻysunmasdan ish yurita olishi, millat, davlat va jamiyat hayoti, ularning taraqqiyotini, ustuvor maqsad va vazifalarini mustaqil tarzda amalga oshirilishini anglatadigan tushuncha.

Mustaqillik barcha jabhalardagi har qanday kamsitish, tobelikni inkor etadi, oʻzaro hurmat, bir-birini qadrlash va umumbashariy qadriyatlarga tayanib ish koʻrish, keng dunyoqarash va erkin tafakkur asosida yashash, fikrlash, oʻz hayotini emin-erkin oʻzi tashkil etish imkoniyati va amaliyotini bildiradi.

Biz uchun mustaqillik, eng avvalo, oʻz taqdirimizni qoʻlimizga olish, boshqara olish, oʻzligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarimizni tiklash, har bir xonadonda tinchlik, osoyishtalik, barkamollikni saqlashdir.

Romitan tuman adliya bo'limi