Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Romitan tumanida ijtimoiy himoyaga muxtoj xotin-qizlarga huquqiy koʼmaklar berilmoqda


Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʼir, ishsiz va ijtimoiy faol boʼlmagan xotin-qizlarni har tomonlama ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash va himoya qilish, ularga davlat tomonidan manzilli tarzda koʼmaklashish borasida hududlarda 4-sektor ishchi guruhlari tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda Romitan tumani 4-sektor ishchi guruhi boshchiligida bugun “Bogʼiturkon” MFYda “Аyollar daftari” hamda “Temir daftar”ga kiritilgan huquqiy maslahatga muxtoj xotin-qizlarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Uchrashuvda, tuman 4-sektor rahbari, tuman adliya boʼlimi hamda mahalla va oilani qullab-quvvatlash boʼlimi mutasaddilari 25 nafarga yaqin xotin-qizlar bilan birma-bir suhbat olib bordilar.

Tadbir jarayonida 4 nafar xotin-qizlarning muammoli masalasi tegishli tartibda shu joyning o`zida hal etildi. 5 dan ortiq murojaatchining muammolari tegishli tashkilotlarga yoʼnaltirildi. Qolgan xotin-qizlarga tegishli tartibda shu yerning oʼzida huquqiy maslahatlar berildi.

Аytish joizki, oʼtkazilayotgan bu kabi uchrashuvlar xotin-qizlarning huquqiy ongi va madaniyati yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.