Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Nogiron farzandni katta qilayotgan talaba onalarga to'lov kontraktini to'lashda imtiyozlar mavjudmi?


   O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunining 52-moddasiga ko'ra: ta'lim oluvchilar ijtimoiy himoyalanish huquqiga ega. 

Ushbu moddaga muvofiq: 

Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilar qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar, stipendiyalar va vaqtincha yashash joylari bilan ta’minlanadi.

To‘lov-shartnoma asosida ta’lim oluvchilarga imtiyozli bank kreditlari berilishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida"gi Qonunining 9-moddasiga muvofiq:

bolalikdan nogiron farzandlarning onalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega ekanliklari belgilangan.

Yuqoridagilarga qo'shimcha sifatida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 318-sonli 2001-yil 26-iyuldagi "Oliy o'quv yurtlarida to'lov-kontrakt asosida o'qish uchun ta'lim kreditlari berish to'g'risida"gi Qaroriga muvofiq imtiyozli ta'lim krediti belgilanishi mumkin.

Demak, ma'lumotlardan kelib chiqib xulosa shundan iboratki, nogiron farzandni voyaga yetkazayotganligi uchun talaba bo'lgan ona to'lov-kontrakt pulini to'lashi uchun to'g'ridan-to'g'ri nazarda tutilgan imtiyozlar mavjud emasligi sababli amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa imtiyozlardan foydalanishi mumkin. Ya'ni: moddiy yordam, imtiyozli nafaqa olishi, to'lov-kontraktini to'lash uchun esa imtiyozli ta'lim krediti olishi mumkin.

Asos: O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni

O'zbekiston Respublikasi "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida"gi Qonuni

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy o'quv yurtlarida to'lov-kontrakt asosida o'qish uchun ta'lim kreditlari berish to'g'risida"gi Qarori