Янгиликлар
Boquvchisini yo'qotganlik nafaqasini oluvchi shaxs nogironlik nafaqasini ham olishi mumkinmi?
O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida"gi Qonunining 4-moddasiga ko'ra davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga ularning o‘zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.
Ushbu Qonunning 19-moddasiga ko'ra vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda farzandlarga va qonunda ko'rsatib o'tilgan shaxslarga pensiya ular boquvchining qaramog‘ida turgan-turmaganidan qat’i nazar tayinlanadi
Ushbu Qonunning 26-moddasi g bandiga ko'ra, oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosiga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 50 foizi miqdorida boquvchisini yo'qotganlik nafaqasi to'lanadi.
Eslatib o'tamiz Prezidentimizning tegishli farmonlariga ko'ra, 2021-yil 1-sentyabrdan yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 565 000 so‘mni tashkil qiladi.
Demak, yuqoridagilardan xulosa qilib, shuni aytishimiz mumkinki, bitta shaxs davlat tomonidan beriladigan pensiya yoki ijtimoiy nafaqaning faqat bitta turini olishi mumkin. Boquvchisini yo'qotganlik nafaqasini olgan shaxs bir tiurdagi ijtimoiy nafaqa olganligi sababli u nogironlik nafaqasi uchun ham ariza bera olmaydi.
Asos: O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida"gi qonuni