Янгиликлар
24
Avtomobillar to‘xtash joylari hududlarida quyidagilar taqiqlanadi:
* avtomototransportni ta’mirlash, yuvish, unga yonilg‘i-moylash materiallari quyish, buning uchun maxsus ajratilgan joydan tashqari;
* dvigatel va agregatlar uchun ochiq holdagi olovdan foydalanish;
* avtomototransportni soatiga 5 km dan ortiq tezlikda boshqarish;
* tamaki chekish, spirtli ichimliklar ichish;
* yonilg‘i-moylash materiallarini saqlash uchun joylar barpo etish.
Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida"qarori.